Vitamin va minerallar yetişmovçiligi
Organizmda kalsiy, D vitamini va magniy yetişmasa, suyaklar va böğimlarning mustahkamligi pasayadi. Bu esa pay va böğimlarning elastikligini kamaytiradi, natijada tizza qarsillaşi kuzatiladi. Şu bilan birga, suyaklar mörtlaşadi, böğimlar tez çarçaydi va jarohatlarga moyillik oşadi.
Bu muammoni bartaraf etiş uçun ratsionni vitamin va minerallarga boy oziq-ovqatlar bilan töldiriş muhim. Masalan: sut va sut mahsulotlari, tuxum, baliq, yonğoq va kökatlar kalsiy va D vitaminiga boy sanaladi; banan, ismaloq va boşqa sabzavotlar magniy manbai hisoblanadi. Zarur hollarda şifokor tavsiyasi bilan qöşimça preparatlar qabul qiliş ham foydali böladi. Şu bilan birga, muntazam jismoniy maşqlar böğimlarni mustahkamlaş va elastikligini saqlaşga yordam beradi.
Suyuq pufakçalar
Böğim içidagi suyuqlikda gaz pufakçalari hosil böladi va ular harakat paytida yoriladi. Buning natijasida tovuş çiqişi tabiiy va normal jarayondir. Mazkur holat odatda oğriqsiz böladi va böğim soğliğiga zarar yetkazmaydi.
Tovuş köpinça tizza, barmoq böğimlarida seziladi. U böğim içidagi gazning (asosan azot) suyuqlik bilan birga siqilişi va böğim harakati natijasida yorilişi bilan boğliq. Şu sababli, bunday tovuşlar odatda xavfsiz hisoblanadi va davolanişni talab qilmaydi.
Ortiqça zöriqiş va oğirlik
Sport bilan muntazam şuğullanuvçilar yoki jismoniy mehnat qiluvçilar orasida tizzada qirsillaş va tovuş paydo bölişi köproq kuzatiladi. Bu holat böğimlarga ortiqça yuk tuşişi, suyak va böğim sathlari işqalanişi bilan boğliq.
Şuningdek, oğir vazn tizzaga qöşimça bosim beradi va biriktiruvçi qism yuzalarining yaroqsizlanişiga sabab böladi. Natijada böğimlar harakati paytida qirsillaş, tovuş çiqişi va ba’zan yengil noqulaylik sezilişi mumkin. Muammoni kamaytiriş uçun ortiqça vaznni nazorat qiliş va yengil maşqlar bajariş tavsiya etiladi.
Kasalliklar bilan boğliq sabablar
Agar qirsillaş muntazam bölsa va oğriq, şiş, qotiş bilan birga kuzatilsa, bu quyidagi kasalliklar belgisi bölişi mumkin:
- Artroz (gonartroz): böğim xaftagining yemirilişi;
- Artrit: böğimda yalliğlaniş;












