Şifokorlar oyoği amputatsiya qilingan şimoliy irlandiyalik 15 yoşli Tristin Styuartga tovonini tizzasi örniga tikib qöyişdi. Bu haqda The Sun naşri xabar bermoqda.  

Ösmir 2014 yildan boşlab oyoğidagi oğriqlardan şikoyat qilib kelgan. 3 yil ötib, ya'ni 2017 yil yozida unda sinovial sarkoma – qöl-oyoq böğimlariga şikast yetkazuvçi yomon sifatli ösimta borligi aniqlangan. Ösmirning hayotini faqat oyoğini olib taşlaş bilangina saqlab qoliş mumkin edi.

Şifokorlar ösmirning oyoğini töliq olib taşlamasdan, faqatgina boldir qismini olib taşlaşni, söngra tizzasi örniga tovonni teskarisiga qilib tikişni taklif qilişgan. Ta'kidlanişiça, bu holatda boldir va tovon suyaklarini biriktiruvçi böğin tizza böğini rolini öynaydi va bu protez qöllaşni osonlaştiradi. Ösmir bunga rozilik bergan.

“Inqilobiy operatsiya” muvaffaqiyatli ötgan. Ösmir amputatsiyadan keyin qöltiqtayoqlarda harakatlangan, biroq hozir protezlarda yurib, yugurişni maşq qilmoqda. “Oyoğing qanday körinişining nima farqi bor. Men faqatgina yugurişni istardim va şunday bölişini bilaman”, deb aytgan ösmirning özi.

Kelgusida ösmirning oilasi unga maxsus yuguriş protezlarini olib bermoqçi.