iPhone Air — birinçi iPhone bölib, unda jismoniy SIM-karta sloti yöq. U butunlay raqamli formatga ötdi. Seriyaning qolgan modellari esa odatiy SIM-karta slotini saqlab qoldi, lekin qöşimça elektron SIM ulaş imkoniyati mavjud.
Statistikaga köra, Özbekistonda tobora köproq abonentlar eSIM’dan foydalanişga ötmoqda. Bu qulay, xavfsiz va ekologik jihatdan foydali. Lekin eSIM qanday işlaydi va nega aynan siz uçun ham foydali bölişi mumkin? Keling, batafsil tuşuntiramiz.
eSIM nima?
Oddiy SIM-kartani tasavvur qiling: ilgari uni telefoningizdan çiqariş uçun maxsus kalit yoki hatto oddiy narsalar (zirak, qoğoz qisqiçi) kerak bölardi. eSIM esa şu kartaning raqamli şakli. U ham xuddi şunday işlaydi, faqat plastiksiz. Uni yöqotib bölmaydi, şikastlanmaydi va operator yoki tarifni almaştirganda kartani almaştiriş şart emas.
Özbekistondagi operatorlarda eSIM’ga ötiş
Beeline Uzbekistan
Variant 1: Ilova orqali
- hambi (Beeline Uzbekistan) ilovasini yuklab oling va avtorizatsiyadan öting;
- Körsatmalarga amal qilib, eSIM’ni faollaştiring. QR-kod yoki maxsus kodni kiritişingiz kerak bölişi mumkin.
Bir neça bosqiçda hammasi tayyor! Siz öz raqamingizni saqlab qolasiz va jarayon butunlay onlayn amalga oşadi.

Variant 2: Beeline ofisida
Pasport yoki şaxsni tasdiqlovçi hujjat talab qilinadi.

Ucell
Ucell’da jarayon ham juda oddiy.
Variant 1: Ilova orqali
- Ucell ilovasini yuklab oling va avtorizatsiya qiling;
- Körsatmalarga amal qilib, eSIM’ni faollaştiring.
Jarayon bir neça daqiqada yakunlanadi!
Variant 2: Ucell ofisida pasport yoki şaxsni tasdiqlovçi hujjat talab qilinadi.













