2022 yildan beri Latviya hukumati immigratsiya qonunchiligiga o‘zgartirishlar kiritish orqali Rossiya fuqarolari uchun rezidentlik talablarini ikki marta kuchaytirdi. Shunday qilib, 2024 yildan boshlab, Latviyada doimiy yashash uchun ruxsatnomaga ega bo‘lgan rossiyaliklar 2025 yilning 30 iyuniga qadar Yevropa Ittifoqida doimiy yashash uchun ariza topshirishi kerak edi. Buning uchun ular latish tilini A2 darajasida bilishini isbotlashi, biografik ma’lumotlarni taqdim etishi va xavfsizlik tekshiruvidan o‘tishi kerak edi.
Yangilangan talablar 30 000 kishini qamrab oldi. Ularning ko‘pchiligi talablarga bo‘ysundi va taxminan 2600 nafari o‘z ixtiyori bilan mamlakatni tark etdi. 841 kishi rezidentlik uchun ariza bermagan.
Latviya hukumati iyul oyida 841 kishi kuzgacha Latviyani tark etishi kerakligini e’lon qilgan edi. O‘shanda ta’kidlanganidek, Latviyada qolishni xohlovchi va talablarga javob beradiganlar doimiy yashash huquqi uchun ariza topshirishi mumkin.











