Fransiya boş vaziri lavozimidan tört kun oldin iste’foga çiqqan Sebasten Lekornyu 10 oktyabr, juma kuni keçqurun Fransiya prezidenti Emmanuel Makron tomonidan bu lavozimga qayta tayinlandi. Yelisey saroyi veb-saytiga köra, Lekornyu zimmasiga hukumatni şakllantiriş topşirilgan.

Sebasten Lekornyu 2026 yilgi davlat budjeti böyiça kelişa olmagani uçun iste’foga çiqdi. Boş vazir lavozimiga qayta tayinlanganidan söng siyosatçi X ijtimoiy platformasida şunday deb yozdi: «Men öz burçimni his qilgan holda, respublika prezidenti menga yuklagan vazifani qabul qilaman: Fransiya yil oxirigaça budjet olişini ta’minlaş va vatandoşlarimizning kundalik muammolariga javob beriş uçun hamma narsani qiliş lozim».

«Biz fransuzlarni ğazablantiradigan siyosiy inqirozni va Fransiyaning obrösi va manfaatlariga putur yetkazadigan beqarorlikni tugatişimiz kerak», deb qöşimça qildi Lekornyu.

39 yoşli Sebasten Lekornyu Fransiyaning sobiq mudofaa vaziri va Emmanuel Makronning ittifoqçisi. U birinçi marta 9 sentabrda boş vazir etib tayinlangan. Lekornyu Makron sönggi ikki yil içida tasdiqlagan hukumatning beşinçi rahbari.

Fransiyadagi siyosiy beqarorlik fonida Amerikaning Fitch reyting agentligi 12 sentabr kuni Fransiyaning kredit reytingini AA-dan A+ darajasiga tuşirdi. Bu mamlakat tarixidagi eng yomon reyting hisoblanadi. Fransiyaning davlat qarzi hozirda YaIMning 115 foizini taşkil etadi, bu Yevropa Ittifoqida Gretsiya va Italiyadan keyin uçinçi örinda turadi.