Dubay şahzodasi Şayx Hamdan bin Muhammad Ol Maktum loçin bilan ov uyuştiriş maqsadida Özbekistonga keldi. Uning Boeing 747 samolyoti 11 oktyabr kuni Toşkent xalqaro aeroportiga qöndi.
Şahzoda Hamdan Instagram sahifasida Navoiydagi loçin ovi fotosuratlarini e’lon qildi.
Navoiy şahridan 50 kilometr uzoqlikda Birlaşgan Arab Amirliklariga qaraşli tuvaloq yetiştiriş maskani bor. Markaz Birlaşgan Arab Amirliklari vitse-prezidenti, Dubay amiri Şayx Muhammad bin Raşid Ol Maktum taşabbusi bilan 2008 yil aprel oyida taşkil etilgan. Şahzoda Hamdan loçinlar bilan şu hududda har yili tuvaloq ovlaydi.
Ma’lumot uçun, Hamdan ibn Muhammad Ol Maktum – Dubay amiri Muhammad ibn Roşid Ol Maktumning öğli, Dubay amirligining merosxör şahzodasi, 1982 yilda tuğilgan. U juda faol hayot keçirişi bilan maşhur. Uning qiziqişlari doirasi kengligi hammani hayratga soladi. Şahzoda paraşyutdan sakraş, suv ostiga şönğiş, baliq ovi, loçin ovi, snoubording, velosport va sportning köplab boşqa turlariga qiziqadi. «Fazza» taxallusi bilan şe’rlar ham yozadi.











