Özbekistonning birinçi mudofaa vaziri Rustam Ahmedov 82 yoşda vafot etdi. Bu haqda mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Marhumning dafn marosimi 13 oktyabr kuni soat 11:30 da, Toşkent şahri, Mirzo Uluğbek tumani, Orol 3-tor köçasi 13-uyda bölib ötişi ma’lum qilingan.
General-polkovnik Rustam Ahmedov 40 yildan oşiq umrini mamlakat qurolli kuçlari uçun bağişlagan, amalda milliy armiya asosçilaridan biri bölgan.
Xususan, 1991–1997 yillarda mudofaa vaziri lavozimida işlagan (1991–1992 yillarda bir vaqtning özida milliy gvardiyaga ham rahbarlik qilgan), keyin ma’lum muddat, 1998 yil nafaqaga çiqquniça favqulodda vaziyatlar vazirligini boşqargan. 2018 yilda esa davlat xizmatiga qaytib, mudofaa vaziriga maslahatçi bölgandi.
***
General-polkovnik Rustam Örmonoviç Ahmedov 1943 yil 10 noyabrda Farğona viloyatining Boğdod tumanida tavallud topgan.
1965 yilda Toşkent oliy tank qömondonlik bilim yurtini tank qöşinlari taktik qömondonligi mutaxassisligi böyiça, 1985 yilda esa Zirhli tank qöşinlari harbiy akademiyasini qömondon-ştab operativ-taktik mutaxassisligi böyiça tamomlagan.
1966 yildan 1972 yilgaça qadar Boltiqböyi qöşinlari harbiy okrugi 11-armiya tank polki tank vzvodi komandiri lavozimidan Şimoliy qöşinlar tankçilar diviziyasi tankçilar batalyoni komandirining siyosiy bölim böyiça örinbosari lavozimlarida xizmat qilgan.
1972 yildan 1986 yilgaça Toşkent oliy tank qömondonlik, Samarqand oliy harbiy avtomobil qömondonlik-muhandislik bilim yurtlarida kursantlar batalyonida komandirning tarbiyaviy işlar böyiça örinbosari hamda batalyon komandiri lavozimlarida xizmat ötagan.
1986 yildan 1991 yilgaça Toşkent viloyati fuqarolik mudofaasi komandirining örinbosari – ştab boşliği lavozimida xizmat qilgan.
1991 yildan 1992 yilgaça bir vaqtning özida mustaqil Özbekiston Respublikasi Mudofaa işlari böyiça vaziri – Özbekiston Respublikasi Milliy Gvardiya qömondoni lavozimida, 1992 yildan 1997 yilgaça esa Özbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri lavozimida faoliyat yuritgan.
«Ahmedov Rustam Örmonoviç mustaqil Özbekistonning birinçi mudofaa vaziri sifatida tarixdan joy oldi.
Marhum nafaqat mudofaa tizimida, balki 1997 yil sentabr oyidan 1998 yil sentabr oyigaça Favqulodda vaziyatlar vaziri lavozimida faoliyat yuritgani ham barçamizga ma’lum.














