Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“To‘rt qavati qoldi” – Samarqanddagi “qo‘ziqorin uy”ning sakkiz qavati buzib tashlandi
Samarqand tumanida fuqaro Furqat Xalilov tomonidan qurilgan va seysmik jihatdan xavfli deb topilgan 12 qavatli binoni buzish jarayoni davom etmoqda.

Jamoatchilik qo‘ziqorinsimon binoni qisman saqlab qolish taklifini bildirgan, biroq u butunlay buzib tashlanadi. Bu haqda Majburiy ijro buyurosining Samarqand viloyati boshqarmasi Kun.uz’ga ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, ijro jarayonlari Fuqarolik ishlari bo‘yicha Toyloq tumanlararo sudining 2022 yil 6 iyuldagi qarori asosida amalga oshirilmoqda.
Mazkur bino qurilishi 2012 yilda, hech qanday arxitektura ruxsatnomasi, seysmik va geologiya xulosalarisiz, xususiy tartibda qurilishi boshlangan. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, bino qurilish me’yorlariga javob bermaydi, xavfli va seysmik jihatdan yetarli darajada barqaror emas.
2022 yil may oyida o‘tkazilgan texnik ekspertiza natijasida binoni ta’mirlash ilojsiz, uni to‘liq buzish lozimligi haqida xulosa berilgan. Shundan so‘ng, o‘sha yil iyul oyida sud qarori bilan inshootni o‘z hisobidan buzish Furqat Xalilovning zimmasiga yuklatilgan.
Bino egasi Furqat Xalilov avvalroq Kun.uz’ga bergan intervyusida qurilishga taxminan 3 mln dollar sarflaganini aytgan. U 10 yillik mehnati va sarmoyasi yo‘qqa chiqayotganini bildirgandi.
Mavzuga oid
09:00 / 22.06.2026
Samarqandda 2 kilogrammdan ortiq «gashish» sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
23:04 / 13.06.2026
Samarqandda Rossiyada ishlashni rejalashtirayotgan fuqarolar uchun test markazi ochiladi
10:50 / 12.06.2026
Samarqandning olis tumanlariga investitsiyalar jalb etiladi
17:46 / 10.06.2026