Toşkent metrosining yerusti halqa yöli yönalişi ta’mirdan keyin avval aytilganidek 18 oktyabrda emas, taxminan 1 noyabrda oçiladi. Bu haqda metropoliten ma’muriyati xabar berdi.

“Avvalroq uşbu yönalişning taxminan 18 oktyabrda faoliyatini qayta boşlaşi mumkinligi haqida ma’lumot berilgan edi. Biroq, sinov jarayonlarini yanada takomillaştiriş hamda kelgusida poyezdlar harakatini oldingiga nisbatan ikki barobar tezlaştiriş, şuningdek oraliq vaqt intervallarini maksimal darajada qisqartiriş maqsadida joriy yilning 1 noyabr sanasi atrofida oçilişi kutilmoqda. Hozirgi paytda uşbu yönalişda poyezdlar sinov tariqasida (yölovçilarsiz) harakatlanmoqda.

Sinov natijalari muvaffaqiyatli yakunlanib, barça texnik talablar töliq tasdiqlangaç, yönaliş yölovçilar uçun öz faoliyatini qayta boşlaydi”, – deyiladi xabarda.

14 ta bekatdan iborat “Mustaqillikning 30 yilligi” yönalişida:

  • “Qipçoq” va “Turon” bekatlari 8 iyundan beri;
  • “Quruvçilar”dan “Yangiobod”gaça bölgan 6 ta bekat 28 iyundan beri;
  • “Yangiobod”dan “Döstlik”kaça bölgan sönggi 6 ta bekat 2 avgustdan beri yopiq qolmoqda.

Rasmiylar ta’mirlaşni “rejali profilaktika işlari” deb atamoqda.

“Yöl holatlari töğrilandi, nosoz şpallar almaştirildi, drenaj tizimi holati örganildi, şağallar tekşiruvdan ötkazildi”, – deyiladi metropolitenning 13 oktyabr kungi axborotida.

Toşkent metropoliteni xaritasi / Foto: Transport vazirligi

Eslatib ötamiz, Toşkent metrosining yerusti halqa yöli (“Mustaqillikning 30 yilligi” yönalişi) 2017-2024 yillarda qurilgan edi.

Dastlabki 7 ta bekat 2020 yil sentabr oyida, keyingi 5 ta bekat 2023 yil aprel oyida, sönggi 2 ta bekat 2024 yil mart oyida foydalanişga topşirilgan.

2025 yil iyuniga kelib, yönalişda relslar va şpallarni almaştiriş boşlandi. Transport prokuraturasi bu jarayonda qator kamçiliklar aniqlangani haqida xabar bergan