Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 208-sonli umumta’lim maktabida dastur asosida mukammal ta’mirlash ishlari olib borilishi sababli 27 iyul 2025 yil sanasidan boshlab yopilgan. 208-maktab o‘quvchilari boshqa maktablarda yangi o‘quv mavsumini boshlagan.

Kecha, 13 oktyabr soat 17:20 da 208-sonli umumta’lim maktabida ta’mirlash ishlari jarayonida binoning tom qismida yong‘in sodir bo‘lgan. 

Yong‘in-qutqaruv ekipajlari aytilgan manzilga soat 17:28 da yetib borib, yong‘in soat 17:39 da qurshab olingan hamda soat 17:42 da batamom to‘xtatilgan.

Yong‘in vaqtida maktab xodimlari va o‘quvchilar bo‘lmagan.