TIV ma’lumotiga ko‘ra, muzokaralar chog‘ida viza rasmiylashtirish tartiblarini soddalashtirish, mehnat migratsiyasi va konsullik ma’lumotlarini almashish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida Slovakiya tomoni milliy vizalarni olish tartibini soddalashtirish, xususan, arizalarni ko‘rib chiqish muddatini uch oydan bir oygacha qisqartirish imkoniyatini ko‘rib chiqishga tayyorligini bildirdi.
Shuningdek, tomonlar Slovakiya Migratsiya masalalari agentligini "Volvo" zavodida mehnat qilish uchun O‘zbekistondan ishchi muhojirlarni jalb etish istiqbollari hamda ular uchun slovak tilini o‘rgatish bo‘yicha kurslar tashkil etish rejalari haqida xabardor etishga kelishib oldi.
Shuningdek, tegishli davlat idoralari mehnat migratsiyasini tartibga solish, migratsiya va mobillik, shuningdek, readmissiya masalalari bo‘yicha ikki tomonlama kelishuvlar ustida ish olib boradi.









