Bu haqda «Xududgaz Poytaxt» filiali matbuot xizmati xabar berdi.

Sergeli tumanidagi Qumariq, Oltin vodiy, Uchuvchilar mahallalari hamda Mirzo Ulug‘bek tumanidagi «Buyuk Ipak yo‘li» mahalla fuqarolar yig‘inining ayrim hududlarida uzilishlar sodir bo‘ladi.

Soat 10:00 dan 18:00 gacha gaz ta’minoti to‘xtatiladi, shundan so‘ng u to‘liq tiklanadi.

Kompaniya vaqtinchalik noqulayliklar uchun fuqarolardan uzr so‘radi.