Özbekiston delegatsiyasi tarkibidan taşqi işlar vaziri örinbosari Olimjon Abdullayev, Migratsiya agentligi direktori Bexzod Musayev, Rossiyadagi elçi Botirjon Asadov, boş konsul Mexriddin Xayriddinov hamda maslahatçi Baxodir Nazarov örin oldi.

Uçraşuv davomida Rossiyada bölib turgan Özbekiston fuqarolarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş masalalari, jumladan, fuqarolarning uşlangan holatlari töğrisida Özbekiston tomonini öz vaqtida xabardor qiliş, migratsiya tadbirlarini ötkaziş çoğida ularning huquqlariga rioya etilişini taʼminlaş, şuningdek, yuzaga kelayotgan masalalar böyiça tezkor hamkorlik qiliş masalalari muhokama qilindi.

Nazorat qilinuvçi şaxslar reyestri bilan boğliq masalalar, şuningdek, ayrim ijtimoiy himoyaga muhtoj toifadagi fuqarolarning huquqiy maqomini tartibga soliş imkoniyatlariga alohida eʼtibor qaratildi.

Şuningdek, Özbekiston fuqarolarini Rossiyada taşkiliy ravişda işga joylaştiriş, ularni kasbiy va ketişdan oldingi tayyorgarlikdan ötkaziş, şuningdek, migratsiya tartib-taomillarini takomillaştiriş masalalari körib çiqildi.

Uçraşuv yakunlari böyiça tomonlar Özbekiston fuqarolarining huquq va qonuniy manfaatlarini taʼminlaş, şuningdek, migratsiya sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantiriş böyiça amaliy hamkorlikni davom ettirişga kelişib oldi.