Misrning Şarm aş-Şayx şahrida ötgan Ğazo uçun tinçlik sammiti siyosatçilarning noodatiy va hatto önğaysiz harakatlariga boy böldi. 2 yillik qirğinbarotni töxtatişga bağişlangan sammit natijalari haqida avvalroq batafsil töxtalgan edik. Uşbu videoda esa anjuman kuni ijtimoiy tarmoqlarda keng yoyilgan qiziqarli holatlarga e’tiboringizni qaratamiz.

Sammitning amaldagi mezboni Misr prezidenti Abdulfattoh As-Sisi bölsa-da, undagi tadbirlarda AQŞ yetakçisi Donald Tramp ham özini mezbondek tutdi. Çunki aynan u öttizga yaqin davlat yetakçilarini uşbu sammitga töplagan edi. Donald Tramp mehmonlarni qarşilar ekan, ayrimlari haqida hazil-huzul gaplar qildi.

Masalan, BAA vitse-prezidenti, “Mançester Siti” klubi xöjayini Şayx Mansurni kutib olayotib, uning puli köpligini aytdi. “Puli judayam köp, behisob puli bor! Özi ham yaxşi odam”, dedi Tramp.

Foto: Emirates News Agency (WAM)

Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev ham Amerika rahbarining qiziqqon gaplaridan quruq qolmadi. “Uni öziga duşman qilib olgan odamga yaxşi bölmaydi”, dedi Tramp ham maqtov, ham yasama ogohlantiriş ohangida.

Martabali mehmonlar davrasida Turkiya yetakçisi Rajab Toyyib Erdöğan ham öz hazillari bilan ajralib turdi. U sammitga yiğilgan davlat rahbarlarining tor doiradagi uçraşuvi boşlanişi arafasida Italiya boş vaziri Jorja Meloni bilan salomlaşarkan, unga samimiy ohangda çekişni taşlaşni tavsiya qildi. Avvaliga Meloni: “Yaxşiman, özingiz-çi? Samolyotdan tuşayotganingizni kördim, bir vaqtda yetib keldik”, dedi. Bunga javoban Erdöğan: “Körinişingiz juda zör, lekin sizni çekişni taşlaşga köndirişim kerak”, deya hazil qildi.

Italiya boş vaziri kulgança: “Bilaman, lekin özimni yomon his qilişni xohlamayman” deya tan oldi. Ya’ni u agar çekmasa, özini yomon his qilişini aytdi. Fransiya prezidenti Emmanuel Makron esa, “çekişni taşlab bölmaydi” degan ma’noda replika taşlab qöydi.

Pool photo by Yoan Valat / AFP via Getty Images

Sammit davomida Tramp köplab yetakçilar şarafiga iliq gaplar aytdi, lekin ular orasida Erdöğanning qat’iyatli lider ekaniga alohida urğu berdi:

“Nimaga unaqa bilmayman, lekin “yumşoq”, kelişiş oson odamlardan köra, öz pozitsiyasida qattiq turadigan odamlar menga köproq yoqadi. Bilmadim nimaga. Taxminimça, bu mendagi şaxsiyat muammosi bölsa kerak. Turkiyalik bu janob hozir dunyodagi eng qudratli armiyalardan biriga ega. U armiyasining asl qudratini oşkor qilmaslikni afzal köradi”, – dedi AQŞ prezidenti.

Bu tadbirda AQŞ, Misr, Qatar va Turkiya rahbarlari Ğazodagi uruşni tugatiş haqida deklaratsiya imzoladi. Donald Tramp kelişuvni imzolaş çoğida orqa qatorda ötirgan boşqa davlatlar yetakçilarini nazarda tutib, yana bir bor pul va boylik haqida gapirdi.

“Imzolaşimizga bir guruh davlatlar şohid bölişadi, ular ortimizda ötirişibdi. Aytişim mumkinki, ularning aksariyatida pul judayam köp. Ularning hammasining pullari rosa köp. Orqamizda katta pullar va kuç-qudrat vakillari jamlanişgan. Ular ortimizda ötirişgani menga yoqyapti. Ular heç qaçon birovning orqasida ötirişmagan. Bunaqasi ular uçun juda noyob holat”, – deya, yiğilganlarga minnatdorçilik bildirdi Oq uy rahbari.

Siyosatçilarning özaro suhbati yoniq turgan mikrofonga tasodifan yozilib qolişi holati bu sammitda ham kuzatildi. Indoneziya prezidenti Prabovo Subianto AQŞ prezidenti bilan suhbatida allaqaysi mintaqani nazarda tutib, “bu region xavfsiz emas” deganini eşitiş mumkin. U mikrofonga uzuq-yuluq yozilib qolgan sözining davomida: “Erik bilan uçraşsam böladimi?” deb söraydi. Tramp esa bunga javoban: “Erikka aytaman, sizga telefon qiladi. U zör bola”, deya javob beradi.

Ma’lumot uçun, Erik Tramp – Donald Trampning öğli, The Trump Organisation konglomeratining prezidenti. Bu kompaniya bir neça oy oldin Indoneziyada özining birinçi golf klubini oçgan va yaqin vaqt içida bu mamlakatda köçmas mulk bilan boğliq yana boşqa loyihalarni ham amalga oşirmoqçi. AQŞ prezidenti Oq uyga qaytişidan oldin özining bizneslari boşqaruvini öğillari Erik va kiçik Donaldga topşirgan, lekin tanqidçilari uni doimiy ravişda öz prezidentligidan biznes manfaatlari yölida foydalanişda ayblab keladi.

Şarm aş-Şayxdagi sammit kuluarlarida yana bir qiziq holat kameralarga yozilib qoldi. Vengriya boş vaziri Viktor Orban Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyevning oldida paydo bölib, qöl berişdan oldin biroz egilgança unga ta’zim bajo keltirdi. Bu vaqtda Aliyev Britaniya sobiq boş vaziri Toni Bler bilan suhbatlaşib turgandi va Orban uning qarşisida ham xuddi yaponlardek biroz egilib qöydi.

Ularning ortida Germaniya kansleri Fridrix Mers Falastin ma’muriyati rahbari Mahmud Abbos bilan nimanidir muhokama qilayotganini köriş mumkin. Internetda tarqalgan videoda ikki davra örtasida turgan Armaniston boş vaziri Nikol Paşinyan kim bilan suhbatlaşişni bilmay turgandek taassurot uyğotadi

Foto: AP

Sammitda Ğazodagi uruşni tugatiş haqida deklaratsiya imzolangaç, anjumanga yiğilgan yetakçilar jurnalistlar uçun brifing ötkazişdi. Unda siyosatçilarning bir guruhi sahnada 30 daqiqa tik turgan paytda, qolganlari tomoşabin sifatida zalda ötirişdi. Britaniya, Kanada, Germaniya boş vazirlari qatorida, masalan, FIFA prezidentini ham minbarda köriş mumkin edi, lekin Fransiya va Turkiya prezidentlari yoki Qatar amiri sahnada yöq edi. Mezbon Misr prezidentidan keyin sözga çiqqan Donald Tramp ham hayron bölib: “Sizlar nega özi bu yerga çiqib oldilaring” degandek, bir emas, ikki marta luqma taşladi.

AQŞ prezidenti sammitda iştirok etayotgan önlab davlatlarni birma-bir sanab ötib, ayrimlarining rahbarlari haqida hazil-huzul qildi. Jumladan, navbat Fransiyaga kelganida: “Emmanuel orqamda turgan bölsa kerak, qani u? [Pastda ötirganiga] işongim kelmayapti. Sen bugun közga körinmay, imi-jimida işingni bitirib ketmoqçisan şekilli”, deya zaldagilarni kuldirdi Tramp.

U yiğilganlar orasidan Germaniya kansleri Fridrix Mersni ajratib olişga qiynalmadi: “Uni topib oliş oson, çunki böyi juda uzun”.

Tramp Britaniya boş vaziri Kir Starmerni noqulay vaziyatga tuşirib qöydi. “Birlaşgan Qirollik qani? Döstim qayerda? Buyoqqa kel. Hammasi yaxşi ketyaptimi? Bu yerda ekaningdan mamnunman”, dedi Oq uy rahbari. Bu vaziyatda Starmer Tramp uni minbarda sözlaş uçun çaqirdi deb öylab, şunga taraddudlanib çiqqandi. Unday bölib çiqmagaç, önğaysiz holatga tuşgan boş vazir bir oğiz salom-alikdan keyin yana joyiga qaytdi.

Donald Tramp sammitga yiğilgan siyosatçilarning köpini maqtagan bölsa-da, nutqining oxirroğida “oralaringda men yoqtirmaydigan odamlar ham bor” deya piçing qildi.

“Köplaringizni ançadan beri taniyman. Sizlar mening döstimsizlar. Zör odamsizlar. Lekin bir-ikkitangizni yoqtirmayman. Kimligini esa aytmayman. Bu odamlar menga umuman yoqmaydi. Kimni nazarda tutayotganimni heç qaçon bilolmaysizlar. Balki öylab, topişga harakat qilib körarsizlar?” – dedi prezident Tramp.