NATO rahbari Mark Ryutte duşanba kuni Rossiyaning «Novorossiysk» suvosti kemasini kuzatib boriş operatsiyasi haqida gapirarkan, Rossiya harbiy-dengiz floti holati haqida hazil qildi. Öşa kuni Moskva submarina texnik muammo tufayli suv yuzasiga çiqişga majbur bölgani haqidagi ma’lumotni rad etdi.

NATO boş kotibi Tom Klensining 1984 yilda çop etilgan «Qizil Oktyabr uçun ov» romanini tilga oldi, bu roman xorijda fitnaçilar tomonidan öğirlab ketilgan sovet atom suvosti kemasini qidirişga bağişlangan.

«Tom Klensining 1984 yilgi „Qizil Oktyabr uçun ov“ nomli romani bilan soliştirganda qançalik katta farq bor. Bugun bu köproq eng yaqin mexanikni ovlaşga öxşaydi», – degan Ryutte.

Klensining romani va xuddi şu nom ostida maşhur bölgan film (Şon Konneri boş rolni öynagan) qömondoni AQŞga qoçişga qaror qilgan sovet suvosti kemasi haqida hikoya qiladi.

Alyans boş kotibining sözlariga köra, «Örta Yer dengizida Rossiya harbiy-dengiz kuçlari deyarli qolmagan».

«Faqat yolğiz, buzilib qolgan Rossiya suvosti kemasi patrullikdan söng oqsoqlanib uyiga qaytyapti», – deya qöşimça qilgan u.

Rossiya Qora dengiz flotining xabar berişiça, «Novorossiysk» suvosti kemasi La-Manşda navigatsiya qoidalariga rioya qiliş uçun Fransiya sohillari yaqinida suv yuzasiga çiqqan, u yerda unga Britaniya harbiy kemasi va vertolyoti hamrohlik qilgan.

Rossiya kemasini kuzatiş operatsiyasida olti davlatdan 11 ta kema iştirok etdi, deb xabar berdi Buyuk Britaniya Qirollik dengiz floti.

Uşbu operatsiya Örta Yer dengizi hududida boşlangan, u yerda Gibraltar tezkor katerlar eskadrasining HMS Cutlass kemasi Gibraltar böğozi orqali suv yuzasida yölning bir qismini bosib ötgan «Novorossiysk» ortidan suzib borgan. La-Manşga kirişda esa NATOning boşqa kemalari estafetani qabul qilib olgan.

Muammo haqida xabarlar

«Bazasi Plimutda bölgan HMS Iron Duke fregati Fransiya qirğoqlarida, Uşan oroli yaqinida, La-Manşga kiraverişda Rossiyaning „Kilo“ sinfidagi „Novorossiysk“ suvosti kemasi hamda „Yakov Grebelskiy“ yordamçi şatakçisini kuzatib bordi», – deyiladi Britaniya Qirollik dengiz floti bayonotida.