Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda MDH davlatlari maxsus xizmatlari rahbarlari yig‘iladi
MDHga a’zo davlatlar xavfsizlik organlari va maxsus xizmatlari rahbarlari kengashining 57-majlisi va MDHga a’zo davlatlar xavfsizlik organlari va razvedka xizmatlari rahbarlarining 21-majlisi o‘tkaziladi.
Joriy yilning 16-17 oktyabr kunlari Samarqand shahrida Mustaqil davlatlar hamdo‘stligiga a’zo davlatlar xavfsizlik organlari va maxsus xizmatlari rahbarlari kengashining 57-majlisi hamda MDHga a’zo davlatlar xavfsizlik organlari va razvedka xizmatlari rahbarlarining 21-majlisi bo‘lib o‘tadi.
Ushbu majlislarda Ozarboyjon, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston, O‘zbekiston va Turkmaniston maxsus xizmatlari rahbarlari ishtirok etadi.
Tadbirlarda, shuningdek, MDH ijroiya qo‘mitasi va MDHga a’zo davlatlar Aksilterror markazi vakillari ham qatnashadi.
Ushbu anjumanlardan ko‘zlangan asosiy maqsad hamdo‘stlik makonida xavfsizlikni ta’minlash, shu jumladan, xalqaro terrorizm va ekstremizm, transmilliy uyushgan jinoyatchilik, axborot xavfsizligiga tahdidlar, shuningdek, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy xalqaro aylanmasiga qarshi kurashish borasida hamkorlikni mustahkamlashdan iborat.
Yig‘ilishlar davomida zamonaviy tahdidlar va o‘zaro harakatlarni muvofiqlashtirishga oid keng qamrovli masalalar ko‘rib chiqilishi kutilmoqda.
Muzokaralar yakunida delegatsiyalar rahbarlari mintaqaviy va global xavfsizlikni ta’minlash borasida o‘zaro hamkorlikning aniq vazifa va yo‘nalishlarini belgilab oladi.
Mavzuga oid
14:38 / 22.06.2026
Liftlar xavfsizligi bo‘yicha yangi nizom qabul qilindi
09:00 / 22.06.2026
Samarqandda 2 kilogrammdan ortiq «gashish» sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
17:43 / 19.06.2026
MDH harbiy shtab boshliqlari Ostonada uchrashdi
23:04 / 13.06.2026