Buxoroda sud tizimi xodimining noqonuniy harakati foş böldi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, JIB Ğijduvon tuman sudi arxiv mudiri içki işlar organlari tomonidan Jinoyat kodeksining 237 va 238-moddalari bilan qözğatilib, JIB Kogon şahar sudi tomonidan körib tamomlangan jinoyat işi böyiça sudlanuvçiga vakolatli tanişlari orqali yengillik yaratib berişni hamda kelgusida hukm özgarmasligini va’da bergan. Buning evaziga esa 700 dollar talab qilgan.
Sud xodimi kelişilgan pulning 100 dollarini oldindan olgan. Qolgan 600 dollarini olayotgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati va Boş prokuratura huzuridagi departament xodimlari hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbirda aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Arxiv mudiriga nisbatan Jinoyat kodeksining 25,168-moddasi (Firibgarlik) 3-qismi “v” bandi va 28,211-moddasi (Pora beriş) 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan va qamoqqa oliş tarzidagi ehtiyot çorasi qöllangan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq Andijonda sudya katta yordamçisiga nisbatan jinoyat işi qözğatilgandi.










