Ukrainani Qora dengizga çiqiş imkoniyatidan mahrum qiliş Rossiyaning maqsadlaridan biri sifatida köriladi. Uruşning ayni şu pallasiga kelib rus armiyasining Odessani egallaş va Ukrainani dengizdan uzib qöyiş rejasi hali ham aktualmi? Kun.uz studiyasida tahlilçilar Abduvali Soyibnazarov va Şuhrat Rasul bu borada turliça fikrda ekanini bildirdi.

Abduvali Soyibnazarov: Ğarb naşrlariga sizdirilgan ma’lumotlarga köra, Rossiya Odessa va Nikolayevni egallaş maqsadidan voz keçmagan. Donbass töliq egallangan taqdirda ham, bu Qrimga nisbatan xavf aridi yoki Ukrainaning imkoniyatlari qirqildi degan ma’noni anglatmaydi. Şuning uçun mening nazarimda Rossiya bir neça yillik, hatto ön yillab davom etişi mumkin bölgan uruşga tayyor, maqsad esa Ukraina portlarini egallaş va uni Qora dengizga çiqiş imkoniyatidan mahrum qilişdir.

Ammo Rossiyada bu imkoniyat keyinçalik paydo böladimi yoki yöqmi, bu menga qoronği. Ğarb razvedkasi hozir aytyaptiki, Rossiya 50 mingdan 500 minggaça bölgan harbiylarni tayyorgarlikdan ötkazayotgani haqida ma’lumotlar mavjud. Rossiyaning asosiy maqsadi Odessa, Nikolayev va Xarkivni nazoratga oliş ekani ham yaşirilmayapti. Hatto hozirgi xaritalarda ham Xarkiv, Nikolayev va Odessa Rossiyaning hududi sifatida körsatilayotgani haqida ma’lumotlar bor.

Aynan hozir Rossiya armiyasida Donbassni qölga kiritiş imkoniyati yöq. Lekin uzoq muddatli maqsad va tayyorgarlik bor. Çunki Donbassni egallaş Rossiya uçun yangi imkoniyatlarni oçadi. Ular aytyaptiki, biz uruşni xohlagança, hatto 20 yil yoki 30 yil bölsin, davom ettirişimiz mumkin. Ularning iqtisodiy imkoniyatlari bunga yetadi, masalan, yillik uruş xarajatlari budjetning taxminan 5–7 foiziga teng bölyapti. Lekin Ukrainada bunday imkoniyatlar böladimi yoki yöqmi, Ğarb dunyosi Ukrainani yana qança qöllab-quvvatlaydi, bu juda qoronği savol hisoblanadi.

Şuhrat Rasul: Menimça, faol uruş harakatlari katta ehtimollik bilan uzoği bir yilda yakunlanadi. Rossiya iqtisodiy tang ahvolda. Abduvali aka aytgan ön yillik uruş potensiali Rossiyada umuman yöq. Putinning birinçi taklifi aynan uruşni muzlatişga qaratilgan edi: “Donbassni töliq bizga berasiz, biz esa kompensatsiya sifatida Xarkiv va Sumi viloyatlaridagi ozgina hududlarni beramiz, ya’ni almaştiramiz”, degan edi. Lekin Xarkiv, Sumi va Dnepropetrovsk viloyatlarida Rossiya katta hududlarni egallay olmadi.

Hisob-kitoblarga köra, Rossiya hozirgi sur’atda davom etsa, 2029 yilga boribgina Donbassni töliq egallay oladi. Odessani bosib oliş esa, 2190 yillarga qolsa kerak.