Suriya muvaqqat prezidenti Ahmad aş-Şar’a keça, 15 oktyabr kuni rasmiy safar bilan Moskvaga bordi. Suriyada rejim almaşgandan beri Şar’a birinçi marta Rossiyaga kelmoqda va Kremlda prezident Vladimir Putin bilan muloqot qildi.

Rus matbuotiga köra, muzokaralar ikki yarim soat davom etgan. Kreml saytida esa dastavval faqat uçraşuvlar boşlanişi avvalidan rasmlar hamda xabar e’lon qilingan. Rus OAVlari Putin va Şar’a keyin nimani muhokama qilgani haqida batafsil xabarlar çiqargani yöq.

Putinning maslahatçilari, mudofaa vaziri Andrey Belousov va Rossiya Qurolli kuçlari boş ştabidan Igor Kostyukov yillar davomida Moskva tomonidan qöllab-quvvatlangan prezident Başar al-Asadni ağdargan qurolli muxolifatning sobiq yetakçisi bilan muzokaralarda iştirok etdi.

“Rossiya va Suriya munosabatlari bizning siyosiy şaroitimiz yoki alohida manfaatlarimiz bilan boğliq bölmagan”, dedi Vladimir Putin muzokaralar avvalida.

Uning qöşimça qilişiça, Moskva “Suriya xalqi manfaatlari”ni hisobga olgan. "Rossiyaga xuş kelibsiz!" dedi söngra Putin Suriyaning yangi rahbarini kutib olarkan.

Aş-Şar’aga köra, " Rossiya bilan uning davlati haqiqatan ham uzoq yillik tarixiy aloqalarga ega" va hozir "dunyo yangi Suriya bilan tanişmoqda". U Moskva va Damaşq örtasidagi hamkorlikni davom ettirişni taklif qildi: “Biz murakkab munosabatlarimizni tiklaşga harakat qilamiz”, deydi muvaqqat prezident.

Putinning aş-Şar’a bilan uçraşuvi oldidan Suriyaning Al Hadath telekanali va Reuters agentligi muvaqqat prezident Rossiyadan Suriyaliklarga qarşi jinoyatlarda ayblangan Başar Asadni sudga topşirişni rasman söraşi mumkinligini xabar qilgan.

Reuters’ga köra, kun tartibida Rossiya harbiy-dengiz kuçlarining Tartusdagi bazasi va Xmeymimdagi aviabazaning davom etişi mavzusi ham bölgan.

Muzokaralar boşlanişidan oldin Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov bu masalaning bölişini qisman tasdiqlagan: “Baza mavzusi prezident bilan suhbat çoğida u yoki bu tarzda kötarilişi aniq”, dedi Peskov.

Şuningdek, muvaqqat prezident iqtisodiy imtiyozlar, jumladan, buğdoy yetkazib berişni qulay şartlarda tiklaş va uruş zarari uçun tovon tölaşni söragan bölişi mumkin. Aş-Şar’a Moskvaning qöllab-quvvatlaşidan manfaatdor, çunki u Isroilning Suriya janubida kengroq demilitarizatsiya zonasi taşkil etiş haqidagi talablariga qarşilik körsatiş niyatida.