“Bolalar mehnati va majburiy mehnatga töliq barham beriş uzoq yillar biz uçun eng oğriqli masala bölib kelgan edi. Faqat kuçli iroda, qat’iy pozitsiyamiz orqali biz bu murakkab muammoni ijobiy hal qildik”, - dedi prezident.
Özbekistonning bolalar mehnati va majburiy mehnatga barham beriş böyiça ilğor tajribasi Xalqaro mehnat taşkiloti tomonidan namuna sifatida boşqa davlatlarga tavsiya etilgani ham şundan dalolat beradi.
Özbek paxtasi dunyodagi köplab nufuzli brend kompaniyalarning “qora röyxati”dan çiqarildi. Cotton campaign taşkiloti Özbekistonga qöyilgan taqiqni butunlay bekor qildi.
Özbekiston sanoqli davlatlar qatorida Birlaşgan Millatlar Taşkilotining “Adolatli ötiş jarayonlari uçun iş örinlari yaratiş va ijtimoiy himoya böyiça global akselerator” taşabbusida iştirok etmoqda, Xalqaro mehnat taşkilotining “Ijtimoiy adolat böyiça global koalitsiyasi”da qatnaşmoqda, mamlakat ötgan yili uşbu taşkilotning Ma’muriy kengaşi a’zoligiga saylandi.
“Heç şubhasiz, biz erişayotgan natijalarda 8 millionga yaqin a’zoga ega, eng xalqçil va katta nodavlat taşkiloti bölgan kasaba uyuşmalarining munosib hissasi bor. Biz Özbekistonda kasaba uyuşmalarining erkin va mustaqil faoliyat yuritişi uçun barça şaroitlarni yaratib berdik va mana şu prinsiplarga hamişa sodiqmiz. Bundan buyon ham kasaba uyuşmalariga birlaşiş huquqini ta’minlaş, ularning faoliyatiga aralaşmaslik böyiça siyosatni qat’iy davom ettiramiz”, - dedi prezident.

















