Oktyabr örtalaridagi noodatiy issiq kunlar ketidan 18-19 oktyabr kunlari avval şimolga, keyinroq – 19-20 oktyabr kunlari respublikaning boşqa viloyatlariga ğarbdan salqin havo kirib kelişi kutilmoqda. Kun.uz'da ob-havo prognozi bilan – iqlimşunos Erkin Abdulahatov.

Joriy salqin havo bu safar ham özbekistonliklar kutayotgan kuz yomğirlarini olib kelmasligi aniqlaşmoqda: afsuski joriy La-Nino yetarliça quvvatda yoğingarçilikni ta’minlab bermaydi.

Dam oliş kunlari hududlarga kirib kelişi mumkin bölgan oqim kuçli şamol va ba’zi joylarda çang böron hodisalarini keltirişi mumkin. 19 oktyabr tonggi muddatlarda Qoraqalpoğiston Respublikasi, toğli va ayrim toğ etaklarida havo harorati minimumlari nol darajagaça pasayişi, bu esa uşbu hududlar uçun mavsumdagi ilk yengil qora sovuq hodisalarini taqdim etişi mumkin.

Joriy antitsiklonal jarayonning mintaqaga çuqur ta’sir etişi fonida toğlarda biroz yoğingarçilik kuzatilişi mumkin. Yoğinlar qor körinişida yoğişi ehtimoli yuqori.

Tinç okeani markazida La-Ninya hodisasi faol bölişi sabab, joriy kuz-qiş mavsumi quruq ötişi, hatto toğlarda kam yoğingarçilik bölişi tobora oydinlaşmoqda. Keyingi 2026-2027 yil kuz-qiş mavsumida El-Nino faollaşişi va şu fenomen ortidan mintaqaga namgarçilikka boy qiş mavsumi kelişi mumkin.