Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati, «Milliy tiklaniş» partiyasi a’zosi Dilnoza Azizova bolalarga nisbatan har qanday jinsiy zöravonlik uçun umrbod qamoq jazosini joriy etişni taklif qildi.

Deputat Namangan viloyatining Yangiqörğon tumanida 7 yoşli qiz öz qarindoşi bölgan katta yoşli erkak tomonidan zörlangani haqidagi voqeaga şunday munosabat bildirdi.

«Namangandagi voqea — faqat bir pedofilning razolati emas, bu jinoyatni yillar davomida «axloq tuzatiş işlari» degan yumşoq ifoda bilan oqlab kelgan tizimning yuzi. Bolaning hayoti bilan öynaş mumkin emas. Bu faqat jinoyat emas — insoniylikka qarşi qözğolon», deb yozdi Azizova.

Uning sözlariga köra, pedofillar jazo muddatini «yaxşi xulq» bahonasi bilan qisqartirib, köçada erkin yurgani «davlatning bolaga bölgan munosabatidan darak».

«Qonun faqat qoğozda emas, hayotda ham qattiq bölişi kerak. Bunday jinoyatçilar uçun keçiriş, yengillik yoki «yaxşi xulq» degan gap bölmasligi şartligining yana bir isbotiga guvoh böldik... Mening talabim qat’iy, bolalarga nisbatan har qanday jinsiy zöravonlik uçun umrbod ozodlikdan mahrum qiliş jazosini qonun darajasida belgilaşning vaqti keldi», deb yozdi Azizova.

Deputat sözlariga köra, «pedofillarga yengil munosabatda bölsak, demak, kelajakni qölimiz bilan yöq qilyapmiz».