Germaniya çempionatida mavsumning eng muhim öyinlaridan biri «Bavariya» - «Borussiya Dortmund» ötkazildi.

Der Klassiker nomi bilan maşhur bellaşuvda myunxenliklar 2:1 hisobida ğalaba qozondi. Öyinni «Alyans Arena»da 75 mingdan ortiq tomoşabin kuzatdi.

22-daqiqada «Bavariya»ning ingliz hujumçisi Harri Keyn burçak zarbasidan söng töpni boşi bilan darvozaga yölladi.

78-daqiqada «Borussiya» futbolçisi Job Bellingemning xatosidan foydalangan Maykl Olise ikkinçi golni urdi.

84-daqiqada Yulian Brandt öng qanotdan jarima maydoniga yetkazilgan töpni darvozaga kiritib, hisobni qisqartirdi.

«Bavariya» Bundesliga jadvalida 100 foizlik natija bilan peşqadamlik qilmoqda – 7 öyin, 7 ğalaba va 21 oçko. «Borussiya Dortmund» 14 oçko bilan 4-örinni egallab turibdi.