Suriya muvaqqat prezidenti Ahmad aş-Şar’a 15 oktyabr kuni Moskvaga taşrif buyurdi. U Rossiya prezidenti Vladimir Putinni Suriyadagi sobiq rejim davrida tuzilgan barça kelişuvlarni hurmat qilişiga işontirdi. Ya’ni, u Rossiya qöşinlaridan Tartus va Xmeymimdagi bazalarini tark etişni talab qilmaydi – bular Rossiyaning Yaqin Şarqdagi eng muhim nuqtalari va uning Afrikadagi operatsiyalari uçun logistika markazlari hisoblanadi.

Reuters manbalariga köra, Şar’a yopiq eşiklar ortida 2024 yil dekabrida hokimiyatdan ağdarilganidan keyin Rossiyadan boşpana olgan Suriya diktatori Başar Asadning ekstraditsiyasini talab qilgan. 2025 yil sentabrida Suriyada uni hibsga oliş uçun order berilgandi. Şar’aning taşrifi yakunlari böyiça Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov şunday dedi: «Asad böyiça biz bu kontekstda xabar beradigan heç narsa yöq».

Rossiya Asadning asosiy ittifoqçisi bölgan va Suriyada 2011 yilda boşlangan (va haligaça oxirigaça yetmagan) fuqarolar uruşi paytida unga hokimiyatni saqlab qolişda yordam bergan. Diktator taxtdan ağdarilganda esa, Rossiya unga siyosiy faoliyatdan voz keçiş şarti bilan boşpana berdi.

Başar Asad bilan birga uning rafiqasi Asma ham Moskvaga köçib ötgan. Ularning tönğiç öğli Hafiz öz vaqtida Moskva davlat universitetida tahsil olgan. 2024 yil kuzida, otasi hokimiyatdan çetlatilişidan biroz oldin u matematika böyiça nomzodlik dissertatsiyasini yoqlagandi. Asadning yana ikki farzandi – qizi Zayn hamda öğli Karim ham Moskvada.

Asadlar oilasi «Moskva-Siti»da 18 ta kvartiraga ega. U Suriyadan kamida 250 million dollar naqd pul olib çiqib, Rossiya banklariga joylaştirgan.

Sobiq diktatorning ukasi Mohir Asad ham Moskvada yaşaydi. Ilgari u Suriya Arab armiyasining (bu Asad rejimining qurolli kuçlari) 4-zirhli diviziyasiga – Suriya qöşinlarining elita bölinmasiga qömondonlik qilgan. Bundan taşqari, Mohir Asad Yaqin Şarqda keng tarqalgan sintetik giyohvand modda – kaptagonni işlab çiqaradigan va sotadigan davlat narkokartelining amaldagi rahbari edi.

Die Zeit ma’lumotlariga köra, Başar Asad Moskvada vaqtini asosan videoöyinlar bilan ötkazadi, Mohir Asad esa Four Seasons mehmonxonasida (sobiq «Moskva» mehmonxonasi) yaşaydi, u bu yerda içiş va çilim çekiş bilan maşğul.

Die Zeit naşri hozirda Yevropada yaşayotgan, sobiq yuqori martabali suriyalik harbiyga tayanib yozişiça, Asad rejimi qulaganidan keyin Rossiyaga 1200 ga yaqin sobiq suriyalik zobit kelgan. Ular ham xuddi Asadlar oilasi singari, Suriya sobiq rejimi köp jihatdan tayangan diniy ozçilik bölmiş alaviylarga mansub.