Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hafta davomida issiq bo‘lishi kutilmoqda
O‘zbekistonda bu hafta juda issiq va quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Harorat kunduzi +23…+28, kechalari +8…+13 daraja atrofida bo‘ladi.
Foto: Kun.uz
Ish haftasi juda issiq va bulutsiz o‘tishi kutilmoqda, deya xabar bermoqda O‘zgidromet.
Harorat foni kechalari +8…+13 daraja, kunduz kunlari +23…+28 daraja atrofida bo‘ladi, bu o‘rtacha iqlim me’yoridan 4–6 darajaga yuqoridir.
Toshkent shahrida havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Shamol sharqdan 3–8 metr/soniya tezlikda esadi. Dushanba kunduzi harorat +21…+23 darajani tashkil etadi. Keyingi kunlarda harorat kechalari +10…+13 daraja, kunduz kunlari +24…+28 daraja atrofida bo‘ladi.
Mavzuga oid
13:00 / 02.03.2026
Hafta davomida hududlarda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda
12:04 / 27.02.2026
Hafta oxirida harorat ko‘tarilishi kutilmoqda
10:16 / 26.02.2026
Toshkentda yog‘ingarchilik va kuchli shamol kutilmoqda: fuqarolarga xavfsizlik choralari eslatildi
09:55 / 25.02.2026