Jamiyat | 08:16 / 20.10.2025
2929
1 daqiqa o‘qiladi

Maxtumquli ko‘chasidagi yerosti tunnelida rekonstruksiya ishlari boshlandi

Yashnobod tumanidagi Maxtumquli ko‘chasidan o‘tuvchi yerosti tunnelida rekonstruksiya ishlari keng ko‘lamda olib borilmoqda.

Foto: Toshkent shahar hokimligi

Bunda, 410 metr uzunlikdagi tunnel har ikki tomondan yangilanadi, 8 000 m² metall konstruksiyalar o‘rnatiladi, 5 200 m² travertin toshlari bilan qoplanadi, 1 000 m² marmar va sokol ishlari bajariladi, 38 ta dekorativ panel o‘rnatiladi.

Kechasi tunnel yoritish tizimi yordamida yanada zamonaviy va jozibador ko‘rinishga ega bo‘ladi.

Tunnel ustidagi temiryo‘l va avtomobil ko‘priklariga esa bezakli temir panjaralar o‘rnatiladi.

Hozirda obektda 118 nafar mutaxassis va 6 ta texnika ishlamoqda.

Barcha ishlar 5 noyabrga qadar yakunlanadi.

Mavzuga oid