Toşkent şahrining Yangihayot tumanida qarovsiz qolgan yoş bolani qutqarib qolgan Toşkent kimyo-texnologiya instituti talabasi Muhriddin Ilaşov oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qönğirotboy Şaripov tomonidan taqdirlandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarga köra, Qönğirotboy Şaripov Muhriddin Ilaşovga taşakkurnoma hamda esdalik sovğasini topşirgan.

“Vazir yoş qahramonning bu işi nafaqat özi ta’lim olayotgan institut, balki barça yoşlar uçun ibrat bölişini ta’kidlab, yoşlarda insonparvarlik, vatanparvarlik va jasorat tuyğularini yanada mustahkamlaş muhimligini qayd etdi”, deyiladi xabarda.

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Yangihayot tumanida 4-qavat balkonidan tuşib ketiş xavfida bölgan bola aks etgan videolar tarqalgandi.

Toşkent şahar IIBB xabariga köra, bola 5-qavatda istiqomat qiladigan talaba yigit tomonidan qutqarib qolingan.