Bolgariya hukumati Rossiya prezidenti Vladimir Putin AQŞ prezidenti Donald Tramp bilan uçraşiş uçun Budapeştga borsa, unga öz hududi uzra uçib ötişga ruxsat berişini ma’lum qildi. Bu haqda 20 oktyabr, duşanba kuni Bolgariya milliy radiosi (BNR) Bolgariya taşqi işlar vaziri Georg Georgiyev bayonotiga tayanib xabar berdi.
«Agar tinçlikka erişiş uçun sa’y-harakatlar qilinayotgan bölsa va buning uçun uçraşuv zaruriy şart bölsa, uni barça mumkin bölgan vositalar bilan taşkil qiliş eng mantiqiy işdir», dedi Georgiyev BNR muxbiriga.
Bu Bolgariya Putinga havo yölagi taqdim etadi deganimi, deya berilgan savolga vazir: «Agar iştirokçilardan biri kela olmasa, uçraşuv qanday ötkaziladi?» - degan savol bilan javob berdi.
16 oktyabr oqşomida Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan ikki soatlik telefon muloqoti ötkazdi. Suhbatdan söng u Budapeştda Putin bilan uçraşişga rozi bölganini ma’lum qildi.
Yevropa Ittifoqining taşqi işlar va xavfsizlik siyosati böyiça oliy vakili Kaya Kallas Putinning Vengriyaga Ukrainadagi uruşni muhokama qiliş uçun kelişi mumkinligini «yoqimsiz» deb atadi. «Yöq, Xalqaro jinoiy sud (XJS) buyruğiga duçor bölgan odamning Yevropa davlatiga kelayotganini köriş yoqimsiz», dedi u. Şu bilan birga, Kallas «bu qandaydir yordam beradimi, degan savol tuğiladi», deb qöşimça qildi.












