Toşkent viloyati, Ohangaron tumanidagi 50-son manzil koloniyasidan qoçgan 31 yoşli mahkum 3-sinfda ta’lim oladigan qizni zörlagani, mahalliy aholi uni dalada uşlab olgani haqidagi xabar ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.
Toşkent viloyati IIB Tezkor-qidiruv xizmati tomonidan tarqatilgan xabarnomada aytilişiça, u 16 oktabr kuni «P.B.» korxonasiga foydali mehnatga jalb qilinganida «noma’lum tomonga ketib qolgan».
Xabarnomada uning 2018 yilda Jinoyat kodeksining 118-moddasi 4-qismi (14 yoşga tölmagan şaxsning nomusiga tegiş) bilan qamalgani, jazo muddati 2033 yilgaça ekani, sud ajrimiga köra, 2024 yil avgustda jazoning ötalmagan 9 yil 2 oy 19 kunini ötaş uçun manzil koloniyaga ötkazilgani haqida ma’lumot berilgan.

Içki işlar Boş boşqarmasi boşliğining matbuot kotibi bergan ma’lumotga köra, uşbu şaxsga nisbatan voyaga yetmagan qizga, uyatsiz-buzuq harakatlar qiliş holati böyiça Jinoyat kodeksining 119 moddasi 4-qismi (Jinsiy ehtiyojni zörlik işlatib ğayritabiiy usulda qondiriş) bilan yangi jinoyat işi qözğatilgan.
Ta’kidlanişiça, şaxs şu kunning özida huquqni muhofazasi qiluvçi organlar tomonidan protsessual tartibda uşlangan va unga nisbatan qamoq ehtiyot çorasi qöllanilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Xabarda 3-sinf öquvçisining ahvoli haqida ma’lumot berilmagan.












