Manzil koloniyadan qoçib, Ohangaron tumanida voyaga yetmagan qizga nisbatan nomaqbul harakatlar sodir etgan pedofil işi böyiça Jazoni ijro etiş departamenti Markaziy tergov hibsxonasi xodimlariga jinoyat işi qözğatilgan. Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi holat yuzasidan bildirilgan rasmiy munosabatida ma’lum qildi.

Rasmiy munosabatda keltirilişiça, agentlik holatni öz nazoratiga olgan. Voyaga yetmagan jabrlanuvçi qizning huquqlari, psixologik va ijtimoiy himoyasini ta’minlaş maqsadida “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazining mutaxassislaridan iborat işçi guruh tuzilgan.

“Holat böyiça keys oçilgan, jabrlanuvçi voyaga yetmagan qiz birlamçi kömak xonasiga joylaştirilgan. Ayni paytda psixolog tomonidan dastlabki suhbat ötkazilmoqda”, deyiladi munosabatda.

Şuningdek, uşbu holat böyiça IIV huzuridagi Jazoni ijro etiş departamenti Markaziy tergov hibsxonasi tartibot bölimi safdori Ş.O. va boşqalarga nisbatan jinoyat işi qözğatilgan. Ular Jinoyat kodeksining 214-moddasi 3-qismi “v” bandi, ya’ni davlat organi, davlat iştirokidagi taşkilot yoki fuqarolarning özini özi boşqariş organi xizmatçisining qonunga xilof ravişda moddiy qimmatliklar olişi yoki mulkiy manfaatdor böliş jinoyatini bir guruh bölib, oldindan til biriktirib sodir etişda ayblanmoqda.

Jinoyat kodeksida bunday qilmiş uçun 3 yildan 5 yilgaça ozodlikni çeklaş yoxud 3 yildan 5 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazosi qöllanişi belgilangan.

Oldinroq Toşkent viloyati Ohangaron tumanidagi 50-son manzil koloniyasidan qoçgan 31 yoşli mahkum 3-sinfda ta’lim oladigan qizni zörlagani xabar qilingandi. Keyinçalik erkak qölga olingan va unga nisbatan Jinoyat kodeksining 119-moddasi 4-qismi (jinsiy ehtiyojni zörlik işlatib ğayritabiiy usulda qondiriş) bilan yangi jinoyat işi qözğatilgan.