Fransiyaning sobiq prezidenti, saylov kampaniyasini xorijdan moliyalaştirganlik uçun «Liviya işi» deb nom olgan iş böyiça beş yilga ozodlikdan mahrum etilgan Nikolya Sarkozi Parijdagi Sante qamoqxonasiga keldi. U Fransiyaning haqiqiy qamoq jazosiga hukm qilingan birinçi sobiq prezidenti böldi va öz muddatini şaxsiy duşga ega bir kişilik kamerada ötaydi – heç bölmaganda sud uning hukm ustidan şikoyatini körib çiqmagunça.

Mahalliy vaqt bilan soat taxminan töqqiz yarimda Sarkozi ötirgan avtomobil Parijdagi Sante qamoqxonasi darvozasi oldiga yetib keldi, deb xabar bergan Reuters.

«Men qamoqdan qörqmayman. Men Santega kiraverişda boşimni baland kötarib ötaman», – degan Sarkozi Tribune Dimanche naşriga bergan intervyusida.

Sud hukmni deyarli bir oy oldin, 25 sentabrda çiqargan, ammo Sarkoziga hukm keçiktirilgan: uni sud zalida hibsga olişmagan, balki işlarni yakunlaş va qamoqxonaga mustaqil ravişda keliş uçun vaqt berişgan.

2007-2012 yillarda Fransiyani boşqargan sobiq prezident 2007 yilgi saylov kampaniyasini moliyalaştiriş uçun Liviyaning öşa vaqtdagi prezidenti Muammar Qazzofiydan million yevro olişga aloqador deb topilgan.

Saylov kampaniyasini noqonuniy moliyalaştiriş, Liviya davlati mablağlarini suiiste’mol qiliş va korrupsion sxemada passiv iştirok etiş kabi boşqa jinoiy işlar böyiça Sarkozi oqlandi. U öz aybiga iqror bölmadi, jarayonning siyosiy motivlari borligini aytdi va allaqaçon hukm ustidan apellyatsiya berdi.

Santega ketayotganida Sarkozi X ijtimoiy tarmoğida «qasos va nafrat qurboni bölgani» haqida yozdi. «Men fransuz xalqiga özimga xos qat’iy kuç bilan aytmoqçimanki, bugun ertalab respublikaning sobiq prezidenti emas, balki begunoh odam qamoqqa olinadi», – degan u.

Foto: Reuters 

Seşanba kuni ertalab Sarkozi va uning rafiqasi Karla Brunining Parijning 16-tumanidagi uyi oldida sobiq prezident tarafdorlari töplandi. Uning oilasi, jumladan, öğillari va sobiq rafiqasi Sarkozini qöllab-quvvatlaşga va u bilan birdamlik bildirişga çaqirdi.

Qamoqxonaga kelişdan bir soat oldin Sarkozi bilan Bruni qöl uşlaşib uydan çiqişdi. Ularning uyi darvozasi oldida töplangan parijliklar «Nikolya, Nikolya!» deb hayqirişdi, deb xabar berdi Reuters muxbiri voqea joyidan.