Senat raisi öz çiqişida dunyoda keçayotgan turli nizolar, inqirozlar va gumanitar tahdidlar millionlab insonlarning hayotiga jiddiy salbiy ta’sir körsatayotganini ta’kidladi. Bunday şaroitda parlamentlar insonparvarlik tamoyillarini ilgari suriş va inson hayotini asraşda hal qiluvçi rol öynaşi zarurligi alohida qayd etildi.

Assambleyada Özbekistonning insonparvarlik sohasidagi taşabbuslari ilgari surildi. Ta’kidlanganidek, hozirgi kunda dunyo böylab 120 dan ziyod qurolli töqnaşuvlar natijasida 310 millionga yaqin insonlar yordamga muhtoj bölib, bu insonparvarlik me’yorlariga rioya qiliş masalasini yanada dolzarb etmoqda.

Özbekiston xalqaro insonparvarlik harakatlarida faol iştirok etib, notinç mintaqalardagi muhtoj aholiga uy-joy, tibbiy xizmat va ijtimoiy kömak körsatiş orqali amaliy yordam bermoqda. Bu sa’y-harakatlar mamlakatimizning insonparvarlik va xalqaro hamjihatlik tamoyillariga sodiqligini yaqqol namoyon etmoqda.

Majlis doirasida parlamentlar örtasida qonunçilik va raqamli hamkorlikni çuqurlaştiriş, gumanitar resurslarni samarali va manzilli yönaltiriş, global taşabbuslarga moliyaviy iştirokni kengaytiriş, şuningdek, insonparvarlik sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlaşga oid aniq takliflar ham ilgari surildi.





















