«Real» 28 ta zarbadan 1 ta gol urdi

«Real» – «Yuventus» 1:0
Gollar: Bellinghem, 57 (1:0)
«Real»: Kurtua, Eder Militau, Raul Asensio (G. Garsiya, 88), Karreras, Valverde, Tshuameni, Arda Guler (Kamavinga, 74), Vinisius Junior (F. Garsiya, 84), Dias (Mastantuono, 84), Bellinghem, Mbappe
«Yuventus»: Di Gregorio, Rugani, Kelli, Gatti, Tyuram (Konseysau, 62), Makkenni, Kambyaso (Kostich, 88), Kalyulyu, Kenan Yildiz (Lokatelli, 74), Kopmeyners (Openda, 74), Vlahovich (David, 74)
Ogohlantirish: Dias, 61

YeChL 3-turidagi markaziy bahs Madridda o‘tkazildi. Chorshanba oqshomida «Santyago Bernabeu»da «Yuventus» mehmon bo‘ldi. Habi Alonso jamoasi oldingi turlarda ikki g‘alabaga erishgandi, turinliklar esa ikki o‘yinda ham durang qayd etgandi. Igor Tyudor jamoasi anchadan buyon g‘alaba neligini bilmayapti (oxirgisi sentabr oyida «Inter» bilan o‘yinda bo‘lgandi, shundan keyin ketma-ket besh o‘yinda durang qayd etildi, A Seriyaning oxirgi o‘yinida esa «Komo»dan mag‘lub bo‘lindi).

Madridliklar o‘z uyida muhim g‘alabaga erishdi va Tyudorning iste’fosini tezlashtirishdi. Turinliklar munosib qarshilik ko‘rsatdi va 13 bor zarba berdi, ammo madridliklar ikki barobar ko‘proq imkoniyatga ega bo‘ldi, ammo shu kuni Di Gregorio qahramonlarcha o‘ynadi va mezbonlar 28 ta zarbadan faqat bir gol urish bilan kifoyalandi (to‘qqiz zarba – darvoza sohasiga to‘g‘ri borgan). G‘alaba golida asosiy ishni Vinisius bajardi, u barcha himoyachilardan o‘tib zarba berdi, ustundan qaytgan to‘pni esa Bellinghem bo‘sh darvozaga kiritib yubordi.

Turinliklar uch turdan keyin ham ikki ochko bilan qolmoqda va o‘tish bosqichiga yo‘llanma olish ham qiyinlashdi. «Real» esa qatorasiga uch g‘alabadan keyin 1/8 finalga to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘llanma olish uchun yaxshi imkoniyat hosil qilgan.

«Liverpul» alamini «Ayntraxt»dan oldi

«Ayntraxt» – «Liverpul» 1:5
Gollar: Kristensen, 26 (1:0). Ekitike, 35 (1:1). van Deyk, 39 (1:2). Konate, 44 (1:3). Gakpo, 66 (1:4). Soboslai, 70 (1:5)
«Ayntraxt» F: Tsetterer, Kox, Teat, Amenda, Larsson, Getse (Shaibi, 64), Braun, Kristensen (Kollinz, 59), Knauff (Sxiri, 76), Baoyya (Burkardt, 59), Doan (Uzun, 64)