AQŞ Senatining Taşqi aloqalar qömitasi respublikaçi senator Lindsi Gremning Rossiyani terrorizm homiysi sifatida belgilaş töğrisidagi qonun loyihasini bir ovozdan qöllab-quvvatladi. Bu haqda Gremning veb-saytida çorşanba, 22 sentabr kuni xabar berildi.
Qonun loyihasida Rossiya öğirlangan ukrainalik bolalarni qaytarmasa, terrorizm homiysi sifatida belgilanişi aytilgan. Qonun loyihasi hali Vakillar palatasi va Senatning töliq tarkibi tomonidan körib çiqilişi va keyin AQŞ prezidenti tomonidan tasdiqlanişi kerak.
Grem Rossiyani terrorizmning homiysi deb e’lon qiliş «Rossiya iqtisodiyoti uçun halokatli oqibatlarga olib kelişini» ta’kidladi. Hozirda bu nomga törtta davlat egalik qiladi: Kuba, Eron, Suriya va Şimoliy Koreya.
Bu Grem boşçiligidagi AQŞ senatorlarining Rossiyani terrorizm homiysi deb e’lon qiliş böyiça birinçi urinişi emas. Ular şunga öxşaş qonun loyihalarini 2022 yil sentabr va 2024 yil iyun oylarida taqdim etgan.
2025 yil mart oyida Grem Rossiyaga «sanksiyalar dözaxi» va’da qildi va muzlatilgan 300 milliard dollardan ortiq Rossiya aktivlarini musodara qilişga çaqirdi. Bu taşabbuslarning barçasi amalga oşirilmadi.












