Markaziy bankda bölib ötgan matbuot anjumanida regulyator raisi AQŞ Moliya vazirligi tomonidan Rossiyaning «Lukoyl» va «Rosneft» kompaniyalariga qarşi kiritilgan sanksiyalarning Özbekistonga ehtimoliy ta’siri haqida töxtalib ötdi.

«Har qanday sanksiya qöllangandan keyin odatda boşqa uçinçi davlatlarga ta’sir qilmaydigan şaroit yaratiş böyiça muzokaralar ötkaziladi. Aminmanki, bu ham xuddi şunday amalga oşiriladi va yuqori ta’siri bölmasligi kerak. Banklarimiz amaliyotlarida aynan şu sanksiyadagi tovarlar, taşkilotlar hamda banklar bilan işlamaslik böyiça qat’iy pozitsiyamizni aytyapmiz, aytib kelganmiz. Banklarning ikkilamçi sanksiyalarga tuşiş masalasiga juda jiddiy qaraladi... Şunday qat’iy pozitsiya bironta bankning sanksiyalarga tuşmasligiga olib keldi. Bu yönalişda qat’iylikni davom ettiramiz», dedi Işmetov.

Avvalroq, Yevropa Ittifoqining Rossiyaga qarşi 19-paket sanksiyalari doirasida Tojikiston, Qirğiziston va Qozoğistondagi bir neçta banklar «qora röyxat»ga kiritilgandi.