24 oktyabr kuni bölib ötgan matbuot anjumanida Markaziy bank raisi Timur Işmetov oxirgi yillarda yangi banklar oçilmayotgani haqidagi savolga javob berdi.
«Bozordagi raqobat juda ham katta masala, u bizning e’tiborimizda. Banklar soni böyiça qandaydir target yöq. Köproq sifat masalasida işlaşimiz kerak. Yetarli raqobatni körmayapmiz, hamma taxminan bir xil şaroitda işlayapti. Bu yönalişda özgarişlar böladi degan umiddamiz», — dedi Markaziy bank raisi.
Timur Işmetovning ta’kidlaşiça, bozorda raqobatni rivojlantiriş uçun «fintex»ni qöllab-quvvatlaş va islomiy moliya tizimini yaratişga e’tibor qaratilyapti.
«Hozir aksariyat «fintex»lar tölovlar bilangina şuğullanyapti. Lekin biz «fintex»ga banklarning ba’zi mahsulotlarini taqdim etişga ruxsat beriş orqali raqobat muhitini keltirib çiqarmoqçimiz, bu variantlardan biri. Şuningdek, islom moliyasi böyiça qonun loyihasi parlamentda körib çiqilyapti. Bundan asosiy maqsad — bozorga resurs, investitsiya kirib kelişini ta’minlaş. Bu qöşimça imkoniyat», dedi u.












