Turkmaniston 2027 yil boşiga qadar «Turkmaniston - Afğoniston - Pokiston - Hindiston» (TAPI) gaz quvuri orqali Afğonistonga tabiiy gaz yetkazib berişni boşlamoqçi. Bu haqda TAPI Pipeline Company Limited boş direktori Muhammadmurot Amanov «Turkmaniston neft va gazi - 2025» xalqaro konferensiyasi va körgazmasida ma’lum qildi.

«Afğonistondagi quvur uçastkasiga kelsak <...> Bizning rejamiz, maqsadimiz - keyingi yil oxirigaça quriliş işlarini yakunlaş va kelgusi yil oxirida yoki 2027 yil boşida gaz yetkazib berişni boşlaş», dedi Amanov.

Şuningdek, u loyihani amalga oşiriş uçun zarur bölgan asosiy kelişuvlarni imzolaş böyiça Pokiston bilan muzokaralar jarayoni haqida ma’lumot berdi.

«Biz Pokistonning kelajakdagi sarmoyalarni himoya qiladigan va investorlar va moliya institutlariga, masalan, barça hukumat idoralari, gaz taşiş agentliklari va boşqa zarur kelişuvlarga işonç bağişlaydigan asosiy kelişuvlarni imzolaşda iştirok etişi ustida işlayapmiz», dedi u.

Amanov sözlariga köra, muzokaralar yakunlaniş arafasida - işlarning 90 foizdan ortiği bajarilgan. Uşbu bosqiçni 2026 yilning birinçi yarmida yakunlaş rejalaştirilgan.

Turkmaniston - Afğoniston - Pokiston - Hindiston (TAPI) gaz quvuri Turkmanistonning «Galqiniş» konidan yiliga 33 milliard kub metrgaça gaz taşişga möljallangan. Loyihaga köra, Afğonistonga 5 mlrd kub metr, Pokiston va Hindistonga 14 mlrd kub metrdan yetkazib beriladi.

Bugungi kunda gaz quvurining 214 km uzunlikdagi Turkmaniston uçastkasi qurilişi yakunlandi. 2024 yil sentabr oyida uzunligi 153 km bölgan Afğonistonning Sarhadobod - Hirot uçastkasini quriş işlari boşlandi.