— “Kengaytirilgan şeriklik va hamkorlik bitimi”ning maqomi qanday?

— “Kengaytirilgan şeriklik va hamkorlik bitimi” Özbekiston Respublikasi bilan Yevropa hamjamiyatlari va ularning a’zo davlatlari örtasida 1996 yil 21 iyunda Italiyaning Florensiya şahrida imzolangan amaldagi “Özbekiston Respublikasi, bir tomondan, va Yevropa Hamjamiyatlari hamda ularga a’zo davlatlar, ikkinçi tomondan, örtasida şerikçilik ta’sis etuvçi Şeriklik va hamkorlik töğrisida bitim”ning mantiqiy davomi va yangi şaklidir.

Mazkur bitim huquqiy tabiatiga köra yangi turdagi “uçinçi avlod” şartnomalari turkumiga kiradi. Uşbu şartnomaviy kelişuvda Özbekiston Respublikasi bir tomondan, Yevropa Ittifoqi ikkinçi tomondan, va ayni paytda taşkilotning 27 ta a’zo davlati şartnoma tomonlari sifatida iştirok etadi. Bunda huquq va majburiyatlar nuqtai nazaridan hamda vakolatlar taqsimoti qoidasidan kelib çiqib, Yevropa Ittifoqi va uning a’zo davlatlari bitimning ayrim moddalari böyiça birgalikdagi, ayrim moddalari böyiça esa alohida majburiyatlarga ega böladi. Şu bois mazkur şartnoma “aralaş (mixt) şartnoma” sifatida ham tavsiflanadi.

Yevropa Ittifoqining istiqboldagi kengayişi natijasida taşkilotning yangi a’zolari ham öz-özidan uşbu şartnomaning iştirokçisiga aylanadi. Ya’ni yaqin va örta muddatli istiqbolda Şimoliy Makedoniya, Çernogoriya, Serbiya, Albaniya, Moldovaning ittifoqqa qöşilişi uşbu bitimning juğrofiy qamrovi va hududiy yurisdiksiyasini uşbu mamlakatlar hisobiga yanada kengaytiradi.

Şuningdek, Kengaytirilgan şeriklik va hamkorlik bitimi hadli xarakterga ega emas, balki Özbekiston va Yevropa Ittifoqi mamlakatlari örtasida, ayniqsa savdo-iqtisodiy aloqalar sohasida keng kölamli hamkorlikning töğridan töğri ijro mexanizmini yaratadi.

Bitim 1969 yildagi “Şartnomalar huquqi töğrisida”gi Vena konvensiyasi, “Özbekiston Respublikasining Xalqaro şartnomalari töğrisida”gi qonun, “Yevropa Ittifoqi töğrisida”gi Lissabon şartnomasining 21-49-moddalari, “Yevropa Ittifoqining amal qilişi töğrisida”gi Lissabon şartnomasining 205-222-moddalari hamda xalqaro huquqning boşqa normalariga muvofiq tuzilgan.

Tarkibiy tuzilişiga köra bitim 9 ta bölim, 356 ta modda va 14 ta ilovadan iborat.

Özbekiston va Yevropa Ittifoqi örtasida Kengaytirilgan şeriklik va hamkorlik bitimi imzolanmoqda. 24 oktyabr 2025 yil, Bryussel / Foto: Prezident matbuot xizmati