Vladimir Putin frontdagi minimal muvaffaqiyatlar uçun katta narx tölamoqda va uning resurslari tezda tugab bormoqda. Bu haqda NATO boş kotibi Mark Ryutte Londondagi «köngillilar koalitsiyasi» uçraşuvi yakunlari böyiça ötkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.
«Putinning tajovuzi uçun yuz minglab rossiyaliklar halok bölmoqda. Ukraina jasorat bilan himoyalanişda davom etmoqda va bizning qöllab-quvvatlaşimiz unga yordam bermoqda. Haqiqat şundaki, Putinning puli, askarlari va ğoyalari tugab bormoqda», deb ta’kidladi Ryutte.
Uning sözlariga köra, frontdagi hozirgi vaziyat Rossiya armiyasi juda katta yöqotişlar evaziga faqat kiçik yutuqlarga erişişga qodirligini tasdiqlaydi. Şu bilan birga, NATO boş kotibi AQŞ prezidenti Donald Trampning hozirgi front çiziğida jangovar harakatlarni töxtatiş zarurligi haqidagi pozitsiyasini qöllab-quvvatladi.
«Jangovar harakatlarni töxtatiş va Ukraina uçun adolatli tinçlik örnatişga erişiş uçun Rossiyaga bosimni kuçaytiriş vaqti keldi», dedi Ryutte.
Şuningdek, u Yevropa ittifoqçilari va Kanadaning Ukrainaga qöşimça harbiy yordam ajratiş qarorini olqişladi.
«Jang maydonidagi voqealar rivoji şuni körsatadiki, bizning Ukrainani qöllab-quvvatlaşimiz natija bermoqda va biz şu ruhda davom etişimiz kerak», dedi alyans rahbari.
Ryutte bunday bayonotlarni birinçi marta berayotgani yöq. 16 oktabr kuni u NATO davlatlari Rossiyaga nisbatan iqtisodiy va harbiy jihatdan juda katta ustunlikka ega ekanligini eslatdi.
«Biz Rossiyadan 25 barobar kattamiz. NATO iqtisodiyotining umumiy hajmi 50 trillion dollarni taşkil etadi, Rossiya iqtisodiyoti esa atigi ikki trillion atrofida, Texas ştatidan köp emas», dedi u va Moskvaning salohiyatini ortiqça baholamaslikka çaqirdi.

















