AQŞning Janubiy va Markaziy Osiyo böyiça maxsus vakili Serjio Gor va AQŞ davlat kotibi örinbosari Kristofer Landau Toşkentga taşrif buyurdi.

«Toşkentda birinçi kun ajoyib! Maxsus vakil Gor va Davlat kotibi örinbosari Landau Özbekistonning boy tarixi va madaniyati bilan tanişganlaridan juda mamnun bölişdi», deyiladi AQŞning Özbekistondagi elçixonasi matbuot xizmati xabarida.

Bundan oldinroq mazkur taşrifda muhim minerallar va energetika sohasidagi savdo-sotiq hamda sarmoyalar, şuningdek, S5+1 formatidagi mintaqaviy hamkorlik masalalari muhokama qilinişi xabar qilingandi.

«Amerika Qöşma Ştatlari va Özbekistonni istiqbolli imkoniyatlar kutmoqda!» – deya qayd etgandi elçixona.

AQŞ Davlat departamenti esa delegatsiya har ikki mamlakatda hukumat vakillari bilan uçraşuvlar ötkazib, qator ustuvor yönalişlarda ikki tomonlama hamkorlikni kengaytiriş masalalarini körib çiqişi, kun tartibiga iqtisodiy aloqalar, mintaqaviy xavfsizlik va özaro manfaatli şeriklik masalalari kiritilganini xabar qilgandi.

Eslatib ötamiz, Serjio Gor sentabr oyida prezident Şavkat Mirziyoyevning AQŞga taşrifi çoğida özbekistonlik jurnalistlarga intervyu berib, «Tramp Özbekiston prezidentini juda hurmat qilişi» haqida gapirgandi.