Ukrainaning sunʼiy yöldoş aloqasidagi çeklovlar haqidagi bayonotlari bu ikki tizim örtasidagi farqlarga yana eʼtibor qaratdi. Kiyev çeklovlar dronlar va havo hujumidan mudofaa tizimlari işini qiyinlaştirganini bildirgan.
Ilon Mask esa Starlink va Starshield alohida tizimlar ekanini taʼkidlagan. Uning bayonotiga köra, Starshield tizimlari AQŞ hukumatiga tegişli va uning nazoratida bölib, foydalanişga oid çeklovlarni Amerika harbiylari yoki prezidenti belgilaydi.
Starlink - keng omma uçun internet
Starlink - SpaceX’ga tegişli tijoriy sunʼiy yöldoş interneti xizmati. Undan uy xöjaliklari, sayyohlar, kemaçilik kompaniyalari va aviakompaniyalar foydalanadi. Internetga ulaniş uçun maxsus qabul qiluvçi terminal kerak böladi.
Tarmoqning dastlabki sunʼiy yöldoşlari 2019-yilda uçirilgan. Ular past Yer orbitasida işlagani sababli, ança balandda joylaşgan anʼanaviy aloqa sunʼiy yöldoşlariga nisbatan signal keçikişini kamaytiriş imkonini beradi.
Maskning tuşuntirişiça, Starlink SpaceX nazoratidagi tijoriy xizmat bölib, undan fuqarolik yoki mudofaa maqsadlarida foydalaniş mumkin. U kompaniya hujumkor harbiy operatsiyalarda Starlink’dan foydalanişga ruxsat bermasligini aytgan.
Starshield - himoyalangan aloqa va harbiy vazifalar uçun
Starshield SpaceX’ning davlat, jumladan, milliy xavfsizlik sohasidagi buyurtmaçilar uçun sunʼiy yöldoş tizimlarini işlab çiqiş yönalişidir. Uning vazifalari internetga ulaşdan kengroq: himoyalangan aloqa, Yerni kuzatiş va sunʼiy yöldoşlarga maxsus datçiklar hamda boşqa uskunalarni joylaştirişni qamrab oladi.
SpaceX maʼlumotiga köra, Starshield Starlink’ni yaratişda töplangan texnologiyalar va muhandislik tajribasiga tayanadi. Himoyalangan aloqa xizmatlarida kuçaytirilgan şifrlaş, maxsus terminallar va alohida tarmoq şlyuzlari qöllanadi.
Şu bilan birga, Starşield’ni faqat Starlink’ning harbiy tarif rejasi sifatida tuşuniş töğri emas. Dastur doirasida maxsus sunʼiy yöldoşlar va alohida buyurtmalarga mos tizimlar ham işlab çiqiladi.
Nega ikki tizim örtasidagi çegara aniq emas?
Ayrim Starshield xizmatlari Starlink’ning sunʼiy yöldoşlari, yerdagi stansiyalari va boşqa infratuzilmasidan foydalanadi. Demak, ularni farqlaşda faqat qaysi sunʼiy yöldoş orqali signal uzatilayotganiga qaraş yetarli emas. Terminal, maʼlumotlarni himoyalaş darajasi, tarmoqqa kiriş tartibi va xizmatdan foydalaniş şartlari ham ahamiyatga ega.












