AQŞ Tomahawk raketalarini Ukrainaga topşirişi haqida xabarlar tarqalganidan keyin Rossiya prezidenti Vladimir Putin namoyiş etişga va’da bergan yangi «möjizaviy quroli» yadroviy kallak örnatilgan «Burevestnik» qit’alararo raketasi bölib çiqdi.
Putin boş ştab boşliği Valeriy Gerasimov va boşqa harbiylar bilan yiğilişda uning «hal qiluvçi sinovlari» yakunlanganini aytdi. Putin raketani dunyoda heç kimda bölmagan «noyob va çeklanmagan masofali» qurol deb atadi.
Öz navbatida, Gerasimovning aniqlik kiritişiça, 21 oktabr kuni «Burevestnik» havoda taxminan 15 soat davomida 14 ming kilometr masofani bosib ötgan «va bu çegara emas». General sözlariga köra, texnik xususiyatlar raketani «har qanday masofadagi yuqori himoyalangan obektlarga kafolatlangan aniqlik bilan» uçiriş imkonini beradi.
Putin «qöllaşning mumkin bölgan usullarini aniqlaş» va uni qurolli kuçlarda joylaştiriş uçun infratuzilmani tayyorlaşni boşlaşni buyurdi. Şuningdek, u Rossiya yadroviy kuçlari «eng yuqori darajada» ekanini va şu ma’noda mamlakat bunday qurolga ega bölgan barça davlatlardan oldinda ekanini aytdi.
Putin birinçi marta «Burevestnik» haqida 2018 yilda Federal majlisga yöllagan murojaatida gapirgan edi. Ğarb razvedkasi ma’lumotlariga köra, 2017 yildan 2019 yilgaça raketa kamida 13 marta uçirilgan va faqat ikkita uriniş qisman muvaffaqiyatli bölgan, bittasi esa fojia bilan tugagan. 2019 yilda «Burevestnik» Barens dengiziga qulab tuşdi va uni çiqarib oliş paytida portlaş sodir böldi, unda 7 kişi, jumladan Sarovdagi yadroviy markaz olimlari halok böldi.
Hodisa oqibatida paydo bölgan radiatsiya buluti Severodvinskni qoplab, Skandinaviya mamlakatlariga yetib borgan edi. «Burevestnik»ning sönggi ma’lum sinovi 2023 yilda bölib ötgan, şunda Putin muvaffaqiyat haqida gapirib, raketa ustidagi işlar «deyarli tugaganini» ta’kidlagan edi.











