Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tizimli ahamiyatga ega korxonalarning qarz jalb etishi tartibi tasdiqlandi
Hukumat qarori bilan tizimli ahamiyatga ega yirik korxonalar tomonidan bank krediti va tashqi qarzlarni jalb qilish tartibini belgilaydigan nizom qabul qilindi. Hujjat qarz jalb etishni toifalar bo‘yicha nazorat qilish, monitoring va moliyaviy sog‘lomlashtirish mexanizmlarini joriy etadi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Vazirlar Mahkamasining 670-son qaroriga muvofiq, “O‘zbekiston iqtisodiyoti uchun tizimli ahamiyatga ega yirik korxonalar tomonidan bank krediti va tashqi qarzlarni jalb qilish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi. Nizom tizimli korxonalar, ularga tegishli hamda o‘zaro aloqador korxonalar guruhi uchun qarz jalb etishni nazorat va monitoring qilish tartibini belgilaydi.
Yirik qarzdorlarning moliyaviy holati uch toifaga ajratiladi: past xatarli, o‘rta xatarli va yuqori xatarli.
Yangi qarz jalb etish cheklovlari (Muvofiqlashtiruvchi komissiyani xabardor etgan holda):
- past xatarli: miqdoridan qat’i nazar yangi moliyaviy qarz jalb etishi mumkin;
- o‘rta xatarli: yangi qarz mavjud qarz qoldig‘ining 5 foizidan yoki 20 mln AQSh dollari ekvivalentidan kam bo‘lsa;
- yuqori xatarli: yangi qarz mavjud qarz qoldig‘ining 1 foizidan yoki 5 mln AQSh dollari ekvivalentidan kam bo‘lsa.
Moliyaviy holat yomonlashganda komissiya:
- mavjud qarzlarni to‘lash uchun yangi, qulayroq shartlarda tashqi/ichki qarz (kredit) jalb etish;
- qarzdorlikni qayta ko‘rib chiqish (muddatni uzaytirish, to‘lov jadvali va foiz stavkasini o‘zgartirish, valuta turini almashtirish) bo‘yicha tavsiyalar beradi.
Muvofiqlashtiruvchi komissiyaning qarz jalb qilishni rad etish to‘g‘risidagi qaroriga norozilik bildirilsa, korxona amaldagi qonunchilikka muvofiq sudga shikoyat qilish huquqiga ega.
Qabul qilingan tartib tizimli korxonalarda qarz siyosatini shaffoflashtirish, tavakkallarni boshqarish va moliyaviy barqarorlikni mustahkamlashga xizmat qilishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
12:16 / 04.12.2025
Shavkat Mirziyoyev 30 mln dollarlik infuzion dori ishlab chiqarish korxonasi faoliyatini ko‘zdan kechirdi
14:48 / 26.11.2025
Sanoat korxonalarining asosiy qismi oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan
15:19 / 24.11.2025
Xorijiy korxonalarning eng ko‘pi Toshkent shahrida joylashgan
15:31 / 15.11.2025