2026 yil 1 apreldan e’tiboran, radarlar qayd etgan qoidabuzarliklar uçun ham haydovçilarga jarima ballari yoziladi.
Hukumat qarori bilan, jarima ballarini transport vositasining mulkdori va mazkur transport vositasidan fuqarolik-huquqiy munosabatlar (işonçnoma, suğurta polisi, yöl varaqasi) asosida foydalanuvçi boşqa haydovçilar örtasida taqsimlaş tartibi belgilandi.
Unga köra:
- transport vositasining mulkdori tegişli axborot tizimida şaxsiy kabinet oçadi;
- transport vositasining mulkdori transport vositasini boşqariş uçun kimgadir topşirişdan oldin, şaxsiy kabinetda uning kimligini körsatadi;
- körsatilgan haydovçi tizimga kirib, mazkur ma’lumotlarni tasdiqlaydi.
Agar qabul qilib oluvçi şaxs buni tasdiqlamasa, jarima ballari transport vositasining mulkdori hisobiga yoziladi (uning haydovçilik guvohnomasi bölgan taqdirda).
Agar qabul qilib oluvçi şaxs buni tasdiqlamasa, şuningdek, transport vositasining mulkdorida haydovçilik guvohnomasi bölmasa, bunday transport vositalarida sodir etilgan qoidabuzarliklar uçun hisoblanadigan jarima ballari yiğindisi 12 balldan oşganda, jarima maydonçasiga joylaştiriş orqali vaqtinça uşlab turiladi.
Eslatib ötamiz, Özbekistonda yöl harakati qoidabuzarliklari uçun jarima ballarini hisoblaş tartibi – uzoq keçikişlardan keyin – 2025 yil 1 iyundan boşlandi. Şundan buyon faqat YHX xodimi tomonidan qöl rejimida qayd etilgan qoidabuzarliklarga nisbatan jarima ballari hisoblab kelinmoqda.
Bu tizimda qoidabuzarliklarning yigirmaga yaqin turi uçun 0,2 balldan 2 ballgaça jarima ballari belgilangan. Xususan, tezlikni ruxsat etilganidan soatiga 20 kilometrgaça oşirib yuborganlik uçun 0,5 ball hisoblanadi. 12 oy içida 12 ball töplagan haydovçilar 6 oydan 3 yilgaça muddatga haydovçilik guvohnomasidan mahrum böladi.












