Ijtimoiy tarmoqlarda Şarof Raşidov tumani sobiq hokimi Mahmud Xolbötayev ozod etilgani haqidagi xabar tarqaldi. Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov buni rad etdi.

Ma’lum qilinişiça, Mahmud Xolbötayev Jinoyat kodeksining 167- (özlaştiriş yoki rastrata yöli bilan talon-toroj qiliş), 205- (hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qiliş), 206- (hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan çetga çiqiş), 209- (mansab soxtakorligi), 210- (pora oliş) va 229-4-moddalarida (yer beriş tartibini buziş) nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqda. JIB Jizzax şahar sudining joriy yil 10 iyuldagi ajrimi bilan sobiq hokimga nisbatan qamoqqa oliş tarzidagi ehtiyot çorasi qöllangan. Ayni paytda u tergov hibsxonasida saqlanmoqda.

Qöşimça qilinişiça, Mahmud Xolbötayevga oid jinoyat işi JIB Arnasoy tuman sudining iş yurituvida. Bugungi kunda uşbu jinoyat işi mazmunan körib çiqiş uçun tayinlaş bosqiçida ekani bildirilgan.

Sobiq hokim 2025 yil iyul oyida 10 ming dollar pora olayotganda uşlangandi. U bilan birga hokimlik vakili ham qölga olingan.

Eslatib ötamiz, Mahmud Parsamatoviç Xolbötayev muqaddam Mirzaçöl tumani hokimi va Jizzax viloyati hokimining qişloq va suv xöjaligi masalalari böyiça örinbosari (2010-2011 va 2018-2019 yillarda) bölib işlagan, 2019 yil 26 oktyabridan qölga olingunga qadar Şarof Raşidov tumani hokimi vazifasida işlab kelayotgandi.