AQŞ prezidenti Rossiya yetakçisining yadroviy qurilma örnatilgan «Burevestnik» qanotli raketasi sinovi haqidagi bayonotini tanqid qildi. Bu haqda u Osiyoga taşrifi çoğida Air Force One samolyoti bortida jurnalistlarga ma’lum qildi.
26 oktyabr kuni Vladimir Putin Rossiya yadroviy dvigatelga ega «Burevestnik«» qanotli raketasini sinovdan ötkazganini ma’lum qilgandi. Rossiya Boş ştabi rahbari Valeriy Gerasimovning ma’lumotiga köra, 21 oktyabrda bölib ötgan sinov parvozi dastur tarixidagi eng uzoq davom etgani bölib, raketa havoda 15 soat bölgan va taxminan 14 ming kilometr masofani bosib ötgan.
Uşbu raketaning yaratilişi haqida Putin ilk bor 2018 yilda gapirgan, uning sönggi «muvaffaqiyatli sinovi» (yana Putinning sözlariga köra) ikki yil oldin – 2023 yil oktyabr oyida bölib ötgandi. Putinning Boş ştabdagi yiğilişda harbiy kiyimda qilgan bu safargi bayonoti xorijiy ommaviy axborot vositalarida Ğarbga, ayniqsa, Donald Trampga signal deb atalmoqda.
AQŞ prezidenti bu bayonotga 27 oktyabr tongida javob berib, AQŞ Rossiya sohillari yaqinida «dunyodagi eng yaxşi» atom suvosti kemasini joylaştirganini eslatdi. «Ular biz bilan öyin öynaşmaydi, biz ham ular bilan öynamaymiz. Biz doimiy ravişda raketa sinovlarini ötkazamiz, ammo aytganimdek, bizda yadroviy suvosti kemasi bor. <...> Men Putin aytgan gaplarni örinli deb hisoblamayman. U bir haftada tugaşi kerak bölgan, lekin tört yildan beri davom etayotgan uruşni tugatişi kerak edi. U şu iş bilan şuğullanişi kerak, raketa sinovlari bilan emas», – dedi Tramp.
Reuters agentligi qayd etişiça, Putinning murojaati Rossiya AQŞning global harbiy raqibi bölib qolayotgani töğrisida – ayniqsa yadroviy qurol sohasida. Ba’zi tadqiqotçilar fikriça, «Burevestnik» haqidagi bayonotni Ukrainadagi voqealar kontekstida emas, balki Moskvaning Rossiya va AQŞ örtasidagi qurol nazorati böyiça sönggi qolgan şartnoma – SNV (Rossiya va AQŞ örtasidagi strategik hujum qurollarini yanada qisqartiriş va çeklaş böyiça çoralar töğrisidagi bitim) şartnomasini uzaytiriş taklifi bilan boğliq holda körib çiqiş kerak.
Rossiya prezidentining maxsus vakili, Rossiya töğridan töğri investitsiyalar jamğarmasi rahbari Kirill Dmitriyev ham AQŞ uşbu signalni olişi uçun qayğurdi, u ikki kun oldin Vaşingtonga Tramp jamoasi bilan muzokaralar ötkaziş uçun borgandi. Uning sözlariga köra, sanksiyalarga qaramay Rossiya iqtisodiyoti «yaxşi holatda» va u allaqaçon amerikaliklarga Putinning boş ştab a’zolari bilan uçraşuvi hamda «Burevestnik» sinovlari haqidagi ma’lumotlarni «yetkazişga ulgurgan».













