Rossiyaning «Oreşnik» raketa majmuasi dekabr oyida Belarusda jangovar navbatçilikka qöyiladi, deb ma’lum qildi Belarus rahbari Aleksandr Lukaşenkoning matbuot kotibi Nataliya Eysmont seşanba, 28 oktyabr kuni. Uning sözlariga köra, «‘Oreşnik’ni Belarus Respublikasida joylaştiriş uçun şaroit yaratiş işlari yakunlanmoqda».
«Joriy yil dekabrida u jangovar navbatçilikka qöyiladi, şu bois ‘Oreşnik’ böladimi-yöqmi degan har qanday gap-sözlarga çek qöyildi», — deya Eysmontning sözlarini keltiradi TASS agentligi.
Lukaşenko şu kunning özidayoq bu qurolni Belarusda joylaştiriş tajovuz emas, balki «mintaqadagi vaziyat eskalatsiyasi va zamonaviy tahdidlarga nisbatan javob çorasi» ekanini aytdi. «Biz heç kimga tahdid solmayapmiz, faqat öz xavfsizligimizni ta’minlayapmiz. Qolaversa, har doim konstruktiv muloqot va taranglikni pasaytirişga qaratilgan özaro qadamlarga oçiqmiz», — deya Lukaşenko sözlarini keltiradi BelTA agentligi.
Uning ta’kidlaşiça, agar Yevropa mamlakatlari yangi raketa majmualarini joylaştirişdan voz keçsa, «Oreşnik»ni mamlakatda joylaştiriş töxtatilişi mumkin.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin 1 avgust kuni Valaam orolida Lukaşenko bilan uçraşuvda Rossiyada örta masofaga möljallangan «Oreşnik» raketa majmuasining ilk seriyasi işlab çiqilganini va u bir bor Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşida qöllanganini, şuningdek RF Qurolli kuçlariga topşirilganini aytgan edi. Uning sözlariga köra, şunday yana bir majmua Belarusga yuborilişi rejalaştirilgan.
12–16 sentabr kunlari Belarus hududida Rossiya–Belarus strategik maşğulotlari — «Zapad-2025» — bölib ötdi. Manyovrlar doirasida, jumladan, yadroviy qurilma olib yurişi mumkin bölgan «Oreşnik» ballistik raketasini qöllaş ehtimolini rejalaştiriş ham maşq qilindi.











