Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dollarning rasmiy kursi 12 ming so‘mdan pasaydi
AQSh dollarining so‘mga nisbatan rasmiy kursi 12 ming so‘mlik psixologik chegarani buzib, 11 990,53 so‘mgacha tushdi. Yil boshidan beri dollar 914 so‘mga arzonlashib, milliy valutaning qadri 7,1 foizga oshdi.
Foto: Kun.uz
O‘zbekiston Markaziy banki AQSh dollariing so‘mga nisbatan rasmiy qiymatini 30 oktyabr uchun 11 990,53 so‘m deb belgiladi.
Bu – 2023 yil 10 avgustda ro‘y bergan keskin devalvatsiyadan keyingi davr uchun yangi minimum ko‘rsatkich. O‘shanda kurs bir kunda 408 so‘mga ko‘tarilib, 11 667 so‘mdan 12 075 so‘mga yetgandi.
29 oktyabr kuni tijorat banklaridan AQSh dollarini 12 020 so‘mdan boshlanadigan kurslarda sotib olish mumkin bo‘ldi. Banklar tomonidan Amerika valutasini xarid qilishning eng qimmat kursi esa 11 990 so‘mni tashkil etdi.
Yilning ilk kunida amalda bo‘lgan Markaziy bankning rasmiy kursi 12 904,91 so‘m edi. Shundan beri dollar 914 so‘mga arzonlashib, milliy valutaning qadri 7,1 foizga mustahkamlandi.
Mavzuga oid
19:50 / 26.12.2025
MDH mamlakatlari o‘zaro hisob-kitoblarda deyarli to‘liq milliy valutalarga o‘tdi
22:51 / 22.12.2025
Investorlar 2026 yilda ham dollar kursining pasayishini kutmoqda – OAV
16:02 / 05.12.2025
Soxta dollarni qanday aniqlash mumkin?
20:08 / 22.11.2025