Toşkent şahrida 28 oktabr kuni bölib ötgan muzokaralar yakunida prezident Şavkat Mirziyoyev va Serbiya prezidenti Aleksandr Vuçiç Qöşma deklaratsiyani imzoladi.


Yetakçilar huzurida hukumatlararo va idoralararo hujjatlar töplamini qabul qiliş marosimi ham bölib ötdi.

Jumladan:
– Investitsiyalarni özaro rağbatlantiriş va himoya qiliş töğrisida bitim;
– Iqtisodiy hamkorlik töğrisida bitim;
– Tibbiy xizmatlar sohasidagi hamkorlik töğrisida bitim;
– Turizm sohasidagi hamkorlik töğrisida bitim;
– Ta’lim, fan va madaniyat sohalaridagi hamkorlik töğrisida bitim;
– Muhandislik, ilğor texnologiyalar, sun’iy intellekt va turdoş sohalardagi hamkorlik töğrisida bitim;
– Diplomatik kadrlar tayyorlaş sohasidagi hamkorlik töğrisida bayonnoma;
– Taşqi işlar vazirliklari örtasidagi hamkorlik böyiça 2026-2027 yillarga möljallangan dastur;
– Mehnat migratsiyasi sohasidagi hamkorlik töğrisida memorandum;
– Sport va jismoniy tarbiya sohasidagi hamkorlik töğrisida bayonnoma;
– Toşkent va Belgrad şaharlari örtasida şeriklik munosabatlarini örnatiş töğrisida bitim.

















