29 oktabr kuni Samarqandda YuNeSKO işlari böyiça milliy komissiyalarning XII mintaqalararo uçraşuvi boşlandi.

YuNeSKO boş direktori örinbosari Sin Syuy va YuNeSKO işlari böyiça Özbekiston Milliy komissiyasi raisi, Madaniyat va san’atni rivojlantiriş jamğarmasi raisi Gayane Umerova tabrik sözlarini yölladi.

Umerova öz nutqida Samarqandning tamaddunlar çorrahasi sifatidagi ramziyligini ta’kidlab, YuNeSKO tomonidan belgilab berilgan şeriklik va birdamlik ruhini yangilaş muhimligini qayd etdi.

Ertalabki dastur mavzuga oid ikki sessiyadan iborat böldi. Birinçisi yoşlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytiriş hamda barqaror rivojlaniş uçun ularning tinçlik, inson huquqlari, ijtimoiy inklyuziya va ta’limni ilgari surişdagi roliga bağişlandi. Muhokamada YuNeSKO, şuningdek, Germaniya, Kanada va Keniya milliy komissiyalari vakillari iştirok etdi.

Ikkinçi muhokama şu’basi raqamli davrda madaniyatlar va jamoalarning özaro muloqotiga bağişlanib, unda madaniy meros, barqaror turizm va Ipak yöli yönalişlariga e’tibor qaratildi. Sözga çiqqanlar orasida YuNeSKO hamda Fransiya, Kyurasao va Özbekiston milliy komissiyalari vakillari böldi.